TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #482 556
✔️ Qashqadaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: 18 ta masala joyida hal etildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari bu gal Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida davom etdi.

🎤 Uchrashuvda viloyatdagi 43 ta korxonadan 55 nafar vakil ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning 13 ta hududiy studiyasi orqali 122 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulanib, tadbir jami 180 nafarga yaqin ishtirokchini qamrab oldi.

Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlaridagi imkoniyatlar, ishlab chiqarish faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda tadbirkorlarning amaliy takliflari muhokama qilindi.

✍️ Tadbirkorlar tomonidan jami 38 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 15 ta korxonaga tegishli 18 ta masala ochiq muloqot jarayonining o‘zida hal etildi. Qolgan 14 ta muammo va 6 ta taklif yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga aniq vazifalar belgilandi.

➡️ Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik rahbariyati hududdagi yirik sanoat korxonalaridan biri — “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati, mavjud ish o‘rinlari hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.


➡️ Hududlarda tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularni joyida o‘rganish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 🫡 3
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🗣Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi to…
  2. Oct 17, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va va davlat xaridlari agentligida o‘tkazilgan se…
  3. Oct 17, 2026🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha seminar-trening yakunlandi 2026-yil…
  4. Oct 17, 2026🏛️ Agentlikda davlat xaridlari masalalari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 17-o…
  5. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  6. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →