🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 14-19 sentabr, 2026-yil
Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
🇨🇳Agentlik xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Suzhou shahrida “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun past balandlik iqtisodiyoti” (Seminar on Low-Altitude Economy for Developing Countries) mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
🏛️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida edu.icppa.uz platformasi orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.
✔️ Metallurgiyada yangi imkoniyat: 100 mln dollarlik kooperatsiya loyihalari muhokama qilindi.
🇨🇳Shenchjen shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazilmoqda.
🇺🇿 🇲🇾O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi.
🏛 Xitoyning “Jiangsu Yiershan Group” kompaniyasi bilan uchrashuv o’tkazildi.
🏭 Hududlarda sanoat loyihalari va mahalliylashtirish bo‘yicha amaliy ishlar.
🏛️ Xorazm viloyatidagi mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar o‘rganilmoqda.
🤝 Farg‘onada tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
🏛️ Farmatsevtika sohasida davlat xaridlari: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi.
🏛️ “Professional boshqaruv dasturi”ning ilk o‘quv kursi yakunlandi.
✅ Qoraqalpog‘istonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi.
🏛️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun istiqbolli mahsulotlar haqidagi “Market signal” loyihasini boshlaydi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1049
543

- 👍 4
- 🔥 3
- 👏 1