#Market_Signal
📊 Mahalliy ishlab chiqarish bor, ammo $11,2 mlnlik import hamon saqlanib qolmoqda
O‘zbekistonda antifriz ishlab chiqariladi. 19 ta mahalliy korxona yiliga qariyb 18 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishiga qaramay, 2025-yilda 11,2 mln dollarlik antifriz import qilingan.
Antifrizga talab faqat avtomobilsozlik bilan cheklanmaydi. U transport, energetika va sanoat sovutish tizimlarida ham keng qo‘llaniladi.
📍2025-yilda antifriz importi bilan 151 ta korxona shug‘ullangan. Import, mahalliy ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlari hisobga olinganda esa ichki bozorning yillik salohiyati 16,6 mln dollar atrofida baholanmoqda.
Bu safargi bozor signali boshqacha: mahsulot O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda, ammo ichki talabning bir qismi hanuz import hisobidan qoplanmoqda. Demak, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish va import o‘rnini mahalliy mahsulot bilan egallash uchun qo‘shimcha bozor imkoniyati bor.
🔎 Yana qaysi mahsulotlarda shunday bozor imkoniyati mavjud?
Keyingi “Market signal” sonlarida ko‘rsatib boramiz.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1176
497