TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #1164 500
✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi

Davlat xaridlari sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirishga mo‘ljallangan edu.icppa.uz onlayn o‘quv platformasida bugungi kunga qadar 1 575 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 414 nafari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat oldi.

Platforma orqali ta’lim olayotgan foydalanuvchilar 1 196 ta yuridik shaxs vakillarini qamrab olgan. Bu davlat xaridlari bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda egallashga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Qiziqarli jihati, platformada sertifikat olish uchun sarflangan eng qisqa vaqt 9 soat 40 daqiqani, o‘rtacha ko‘rsatkich esa 4 kun 8 soat 51 daqiqani tashkil etgan.

Kurs davlat xaridlarining asosiy qoidalari va amaliy jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, 20 ta modul, testlar va amaliy keyslardan iborat. O‘quv jarayonini foydalanuvchi o‘ziga qulay vaqtda mustaqil davom ettirishi mumkin.

Eng muhimi, ushbu imkoniyat faqat davlat buyurtmachilari uchun emas. Tadbirkorlar, xaridlar bo‘yicha mutaxassislar hamda davlat xaridlari tizimini o‘rganishni istagan barcha foydalanuvchilar kursda bepul qatnashishi mumkin.

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan foydalanuvchiga 2 yil amal qiladigan elektron sertifikat taqdim etiladi.

🎓Davlat xaridlarini o‘rganishni istasangiz, siz ham bepul kursda qatnashishingiz mumkin.

edu.icppa.uz — bepul onlayn o‘quv platformasi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ❤ 1
  • 🙏 1
More from @icppa
  1. Oct 3, 2026🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi 2026-yil 14–2…
  2. Oct 3, 2026✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha…
  3. Oct 3, 2026🇺🇿🇷🇺Rossiya bozoriga eksport imkoniyatlarini kengaytirish va elektron tijorat sohasida…
  4. Oct 3, 2026🏛️ Jizzaxdagi ko‘rgazma yangi sanoat aloqalariga yo‘l ochdi 29–30-sentabr kunlari Jizzax…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  6. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →