TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #1165 308
✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha “Road Show” o‘tkazildi

Joriy yilning 3-oktabr kuni “Yangi Toshkent xalqaro aeroportini qurish” loyihasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va subpudratchilarni qurilish jarayonlariga keng jalb etishga qaratilgan “Road Show” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda “Larsen & Toubro” kompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Unda 120 dan ortiq mahalliy korxona vakillari ishtirok etib, ularga loyihaning texnik xususiyatlari, qurilish ishlari, xarid qilinishi rejalashtirilgan mahsulot va xizmatlar, shuningdek, pudrat ishlariga qo‘yiladigan talablar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


Tadbir davomida mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari va texnik imkoniyatlari muhokama qilinib, ularning takliflari tinglandi hamda loyiha doirasida istiqbolli kooperatsiya yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

🏗 “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” Toshkent viloyatidagi 1 310 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilgan. Loyihaning birinchi bosqichidagi qurilish ishlariga 2,7 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Dastlabki bosqichda aeroport yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda esa ushbu ko‘rsatkichni 46 million yo‘lovchigacha yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha doirasida yuk terminali, havo harakatini boshqarish minorasi, MRO va keytering majmualari, zamonaviy navigatsiya va meteorologiya tizimlari barpo etiladi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarni bunday yirik infratuzilma loyihalariga jalb etish mahalliy kontent ulushini oshirish, yangi kooperatsiya aloqalarini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 3, 2026🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi 2026-yil 14–2…
  2. Oct 3, 2026✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi Davlat xaridlari s…
  3. Oct 3, 2026🇺🇿🇷🇺Rossiya bozoriga eksport imkoniyatlarini kengaytirish va elektron tijorat sohasida…
  4. Oct 3, 2026🏛️ Jizzaxdagi ko‘rgazma yangi sanoat aloqalariga yo‘l ochdi 29–30-sentabr kunlari Jizzax…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  6. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →