TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #1171 260
🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi

2026-yil 14–27-sentabr kunlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi vakillari Xitoy Xalq Respublikasida “Raqamli iqtisodiyot va nol uglerodli sanoat zonalarini hamkorlikda rivojlantirish” mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etdi.

Seminar dasturi doirasida sanoat parklarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish, energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, sanoat loyihalariga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganildi.

Shuningdek, yuqori texnologiyali sanoat zonalari va innovatsion korxonalarga tashkil etilgan amaliy tashriflar davomida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, “yashil” texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro sanoat kooperatsiyasini kengaytirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur seminar doirasida o‘rganilgan ilg‘or tajriba va yondashuvlar mahalliy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 3
More from @icppa
  1. Oct 3, 2026✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha…
  2. Oct 3, 2026✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi Davlat xaridlari s…
  3. Oct 3, 2026🇺🇿🇷🇺Rossiya bozoriga eksport imkoniyatlarini kengaytirish va elektron tijorat sohasida…
  4. Oct 3, 2026🏛️ Jizzaxdagi ko‘rgazma yangi sanoat aloqalariga yo‘l ochdi 29–30-sentabr kunlari Jizzax…
  5. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
  6. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA ''MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO'RGAZMASI JizzaxTRK 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →