TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.09K subscribers
Post #1020 548
🏛 Xitoyning “Jiangsu Yiershan Group” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

15-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Xitoyning “Jiangsu Yiershan Group” (JYG) kompaniyasi rahbari Liu Deliang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Jiangsu Yiershan Group” – Xitoyning Jiangsu provinsiyasida faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish guruhi bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlari to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni qamrab oladi. Guruh tarkibidagi korxonalar elektrotexnika uskunalari ishlab chiqarish yo‘nalishida ham faoliyat yuritadi. Kompaniya ayni paytda O‘zbekistonda qator ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Muloqot davomida kompaniyaning O‘zbekistonda amalga oshirishni rejalashtirayotgan loyihalari doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni milliy sertifikatlashtirish, muvofiqlik sertifikatlarini olish hamda ularning mahalliylashtirish darajasini belgilash bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda mahalliy korxonalarni kooperatsiyaga jalb qilish, zarur mahsulot va butlovchi qismlarni mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish hamda o‘zaro manfaatli sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida Xitoy delegatsiyasiga sertifikatlashtirish va mahalliylashtirish jarayonlari bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Yakunda tomonlar loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @icppa
  1. Oct 5, 2026Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imko…
  2. Oct 5, 2026#Market_Signal 📊 Mahalliy ishlab chiqarish bor, ammo $11,2 mlnlik import hamon saqlanib q…
  3. Oct 4, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 28 sentabr – 3 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyas…
  4. Oct 3, 2026🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi 2026-yil 14–2…
  5. Oct 3, 2026✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha…
  6. Oct 3, 2026✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi Davlat xaridlari s…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →