TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.08K subscribers
Post #1040 739
Qoraqalpog‘istonda mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari o‘rganildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududdagi bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rgandi.

Tashrif davomida farmatsevtika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, kimyo hamda boshqa sanoat yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va mahalliylashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, “RAUIYA MED” MChJda dori vositalari ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi. Korxonada 2026-yilda 31 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va ishlab chiqarish hajmini 15,3 mlrd so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan.

“QARAQALPAQ QAG'AZ QAYTA ISLEW” MChJda to‘qimachilik korxonalari uchun ipni kalavalashda foydalaniladigan konusli vtulkalar ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilda korxonada 2 mln dona mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “NUKUS SSP TEXNOPARK” MChJda esa sun’iy va paxta tolasidan ip ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2026-yil uchun ishlab chiqarish hajmi 200 mlrd so‘m yoki 22,4 ming tonnani tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “OSTEN TECHNOLOGIES” MChJning isitish radiatorlari ishlab chiqarish quvvatlari ham ko‘zdan kechirildi. Korxonada joriy yilda 400 ming dona radiator ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

“AKFA BUILDING MATERIALS” MChJda ikki komponentli poliuretan germetik hamda poliamid termomost ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi. Mazkur yo‘nalishlarda 2026-yilda mos ravishda 648 tonna va 1 080 tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, “AAR CLEAN” MChJda kimyoviy yuvish va tozalash vositalari, Kegeyli tumanidagi “DANIYAR AVTO SERVIS” MChJda asfalt ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan qo‘shimcha xomashyo, “LANKO MIYA” MChJda esa DVP mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.

Tashrif doirasida “COALS KS” MChJning gazoblok ishlab chiqarish faoliyati va mavjud quvvatlari bilan ham tanishildi.


Korxonalarda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahalliy xomashyo va butlovchi qismlardan foydalanishni kengaytirish, korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar faoliyatida uchrayotgan masalalar va takliflar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan birgalikda amaliy choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • 🙏 2
  • ❤‍🔥 1
More from @icppa
  1. Oct 5, 2026Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imko…
  2. Oct 5, 2026#Market_Signal 📊 Mahalliy ishlab chiqarish bor, ammo $11,2 mlnlik import hamon saqlanib q…
  3. Oct 4, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 28 sentabr – 3 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyas…
  4. Oct 3, 2026🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi 2026-yil 14–2…
  5. Oct 3, 2026✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha…
  6. Oct 3, 2026✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi Davlat xaridlari s…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →