🇨🇳Shenchjen shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazilmoqda
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish va takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan maxsus seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xodimlari ham ishtirok etmoqda.
Seminar Shenchjen xalqaro iqtisodiy va texnologik hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, dastur davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni davlat boshqaruviga joriy etish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va qulayligini oshirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganishga qaratilgan.
✅ O‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar elektron hukumat infratuzilmasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli boshqaruv yechimlari hamda fuqarolar va biznes uchun qulay elektron xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha Shenchjen tajribasi bilan tanishmoqda.
Shuningdek, seminar davomida o‘rganilayotgan amaliy yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari, davlat xizmatlarini raqamli transformatsiya qilish va bu borada ikki tomonlama tajriba almashinuvini kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1012
734



- 👍 8
- 👏 6
- 🔥 2
- ❤ 1
- 👌 1