🤝 Farg‘onada tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona ekspo” markazida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Agentlik markaziy apparati va hududiy loyiha ofisi rahbariyati, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida tadbirkorlarning sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishni rivojlantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tashabbuslar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul yakunida har bir murojaat va taklif bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ularni o‘rganish va amaliy yechim ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazifalar berildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1027
573





- 👍 2
- 🔥 1