🏛️ Davlat xaridlarini o‘rganish endi bepul: yangi onlayn platforma ishga tushdi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida edu.icppa.uz platformasi orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.
Platformada davlat xaridlari jarayonlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga mo‘ljallangan 20 ta modul jamlangan. Videodarslar, testlar va amaliy keyslar orqali foydalanuvchilar xaridlarni rejalashtirishdan tortib, xarid tartib-taomillari va shartnomalarni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha zarur bilimlarni egallashi mumkin.
Muhimi, ta’lim to‘liq bepul va onlayn. Foydalanuvchi o‘ziga qulay vaqtda darslarni o‘zlashtirishi, har bir modul bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazishi mumkin.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga 2 yil muddatga amal qiluvchi elektron sertifikat beriladi.
Platforma nafaqat davlat buyurtmachilari va xarid bo‘yicha mutaxassislar, balki davlat xaridlarida ishtirok etishni istagan tadbirkorlar hamda ushbu sohani o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha foydalanuvchilar uchun ochiq.
Davlat xaridlarini o‘rganish uchun endi alohida joy va vaqt izlash shart emas — zarur bilimlar bir platformada jamlangan.
✅ edu.icppa.uz — ro‘yxatdan o‘ting va bepul o‘qishni boshlang.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1010
8.49K

- 🔥 8
- 👏 3
- ❤ 2
- 👍 2