🏛️ Avtomobilsozlik sanoatiga kirish uchun yangi imkoniyat: “Milliy sanoat zanjiri”ga sanoqli kunlar qoldi
Avtomobil uchun detal, butlovchi qism, material yoki uskuna ishlab chiqarasizmi? Yoki ishlab chiqarish quvvatingizni avtomobilsozlik sanoatiga yo‘naltirish imkoniyatingiz bormi?
Unda 29–30-sentabr kunlari Jizzaxda o‘tkaziladigan “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi siz uchun yangi kooperatsiya imkoniyatlarini ochishi mumkin.
Ko‘rgazmada avtomobilsozlik korxonalarining qaysi mahsulot va butlovchi qismlarga ehtiyoji borligi, qaysilarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkinligi va buning uchun qaysi mahalliy korxonalar salohiyatga ega ekani bir maydonda uchrashadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsuloti va imkoniyatlarini bevosita yirik buyurtmachilarga taqdim etishi, B2B va B2G uchrashuvlarda aniq kooperatsiya takliflarini muhokama qilishi, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish va avtomobilsozlik sanoatining yetkazib berish zanjiriga kirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi mumkin.
“Milliy sanoat zanjiri” formati avvalgi yo‘nalishlarda ham amaliy natija berdi: platforma doirasida xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi.
Endi esa navbat — avtomobilsozlik sanoatiga.
🗓️29–30-sentabr, 2026-yil
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi
⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish
☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1036
7.3K