TGViewer
Channel Public Channel
UXER

UXER

@uxeruz

Hey, I’m Sardor, Product Designer at @numeoai. Building AI-powered logistics products.

Sharing design, AI, and product insights🚀

Telegram: @sardordizayner
Instagram: instagram.com/sardordizayner/
Linkedin: linkedin.com/in/sardordizayner/
Subscribers
102
Photos
77
Videos
9
Links
72
Recent Posts 18 shown
Post #413 57
Startup’da ishlashni zerikarli bo‘lib ketishidan saqlaydigan eng katta omillardan biri turli yo‘nalishlarda o‘zingni sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lsa kerak. Qayerda foyda bera olsang, shu yerda.

Bir xil vazifalarni, bir xil jarayonlarni qayta-qayta qilish ma’lum vaqtdan keyin rutinaga aylanib qolishi mumkin. Ayniqsa, bir sohada uzoq vaqt ishlaganda.

Avval faqat design’ga aloqador yo‘nalishlarda o‘zimgni sinab ko‘rish imkonim bor edi. Hozir esa, ayniqsa AI davrida, boshqa sohalarda ham experiment qilib ko‘rish ancha osonlashdi.
Masalan, yaqinda backend kursini tugatdim. 😄 Keyin esa mobile app development’ni ham sinab ko‘rdim. Albatta vibe coding orqali)

Bu bilan birdaniga “developer bo‘ldim” demoqchi emasman. Shunchaki, ba’zida rutinadan chiqib, boshqa narsani o‘rganib ko‘rishning o‘ziyoq ishga bo‘lgan qiziqishni qaytarishi mumkin.

Balki startup’ning eng yaxshi tomonlaridan biri ham shudir. Position bitta bo‘lishi mumkin, lekin o‘rganadigan, experiment qiladigan narsalaringning chegarasi yo‘qdek.

@uxeruz
  • 🔥 8
Post #411 132
Kichik Pivot

Bu oydan boshlab Product Manager sifatida sinov muddatida ishlashni boshladim.

O‘zi oxirgi oyni hisobga olmaganda ham unchalik ko‘p post yozmasdim. Endi yanayam kamayib ketsa, hafa bo‘lmaysizlar degan umiddaman 🙂

Ishonch bildirgan jamoadoshlarimga rahmat!

Let’s work then 🚀

@uxeruz
  • 🔥 9
Post #410 1.65K
Numeo'ga kelishimdan avval bu kompaniya tugul, uning founder'lari haqida ham yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmaganman. Job interview vaqtida ham kompaniya haqida nimalarni bilasiz degan savolga javob bera olmagandim. (Lekin sizga bunday qilishni tavsiya qilmayman 😄)

Ish boshlaganimdan keyingi dastlabki 3–4 oy rosa qiyin o'tgan. Hatto o'sha paytlarda ishdan ketish fikri ham kelgandi.

Sababi men o'rgangan ish muhiti bu yerda yo'q edi. Gap ish soatlari ko'pligida emas, ishga yondashuvda. Bu yerda deyarli hamma narsa boshqacha bo'lgani sababli o'zimni xuddi sohani endi boshlagan odamdek his qilib yurdim.

Sal qolsa, ishga moslasha olmay haydalib ketardim 🙂 Haydalib ham ketgan bo'lardim, agar Samira opa bo'lmaganlarida. Bu haqida balki boshqa postda batafsilroq yozarman.

Mana, bugun Numeo'da ishlashni boshlaganimga ham 1 yil bo'libdi. Shu vaqt ichida avvalgi ishlarimdan olgan tajribamga qaraganda 3–4x ko'proq narsa oldim, deya olaman.

Eng qiyin va eng qiziq jarayon esa Akmal aka bilan ishlash bo'ldi.

Qiziq tarafi, yuqorida aytganimdek, ketish fikri ham Akmal aka sababli kelgan, keyinroq qolishga qaror qilganimning sababi ham Akmal aka bo'lgan.

Qiyin tarafi esa, biror g'oyani Akmal akaga pitch qilish.

Tasavvur qilishingiz uchun, bu xuddi o'z startup g'oyangizni investorlarga pitch qilishingizga o'xshaydi. Akmal akani nimagadir ishontirish juda qiyin.

Boshida taklif qilgan hech qaysi g'oyam qabul qilinmagan. Sababi menda bunaqa skill umuman bo'lmagan. Lekin har bir presentation'dan keyin o'zim uchun juda yaxshi feedback olganman. Bular haqida ham keyinchalik batafsilroq yozaman, nasib qilsa.

Aslida bu postni yozishni boshlaganimda maqsadim Numeo yoki Akmal aka haqida yozish emasdi. Lekin shu bir yilni eslab, bularni ham aytib o'tgim keldi.

Endi maqsadga qaytsak 🙂

Bugun 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni. Men Farhod aka va Nodir akani tabriklamoqchiman.

Bugun nimagadir erishgan bo'lsam, bunda sizlarning hissangiz ulkan. Mening hayotimga ta'siringiz qanchalik katta bo'lganini balki o'zingiz ham tasavvur qila olmassizlar 🙂

Shu sabab sizlarga cheksiz rahmat aytaman va juda minnatdorman. Bu post sizlargacha yetib boradi degan umiddaman. Men va menga o'xshagan yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan charchamanglar deb qolaman.

Numeo'ga ham sizlar sababli kelib qolganman.

Shu bilan birga, Numeo'dagi barcha hamkasblarimni ham tabriklayman. Barchangizdan juda ko'p narsa o'rgandim va o'rganishda davom etyapman.

@uxeruz
  • ❤ 8
Post #409 206
UXER Don't spend time obsessing with design tools, it's better to just learn design. @uxeruz
Hehe🥲

Credits

@uxeruz
  • 😁 2
Post #408 204
Recommendations:

1. INSPIRED — Marty Cagan
It focuses on how product teams discover and build products customers actually want, including the roles of PM, design, and engineering.

2. Continuous Discovery Habits — Teresa Torres
It gets much more practical about continuous customer interviews, assumptions, opportunities, experiments, and turning research into product decisions.

3. The Mom Test — Rob Fitzpatrick
Short and extremely practical. It teaches you how to interview users without accidentally getting misleading validation.

4. Escaping the Build Trap — Melissa Perri
Excellent for understanding the difference between shipping features and creating outcomes. Particularly useful once you start thinking more like a PM than a designer.

5. Transformed — Marty Cagan et al.
Read this when you want the bigger organizational picture: product operating model, empowered teams, strategy, and how product organizations work. Interestingly, SVPG now recommends Transformed as the starting point for its own book series, while Inspired goes deeper into product teams.

6. Good Strategy/Bad Strategy — Richard Rumelt
Learn to diagnose the real problem, choose where to focus, and avoid vague “strategy.”

7. Playing to Win — A.G. Lafley & Roger Martin
Useful framework for answering: Where will we play? How will we win? What capabilities do we need?

8. Lean Analytics — Alistair Croll & Benjamin Yoskovitz
Learn how to choose metrics rather than simply tracking everything.

9. Hacking Growth — Sean Ellis & Morgan Brown
Acquisition → activation → retention → referral → revenue, plus experimentation systems.

10. Competing Against Luck — Clayton Christensen et al.
Go deeper into Jobs to Be Done (JTBD). Instead of asking what features users want, understand what progress they're trying to make.

11. The Lean Startup — Eric Ries
Useful for understanding hypotheses, MVPs, validated learning, and experimentation—though I’d read it after the more immediately practical books above.

12. Empowered — Marty Cagan & Chris Jones
Product leadership, empowered teams, coaching, objectives, and organizational structure.

@uxeruz
  • 🔥 2
Post #407 130

Forwarded from Bobur Mavlonov | Blog

Assalomu alaykum deb yozyapman deb o'ylab ekranga qarasangiz Фыыфдщьг фдфнлгь deb yozilgan turadiku asabga tegib. Tanish muammomi?

Har safar yozilgan matnni o'chirib, klaviaturani o'zgartirib boshqatdan yozish kerak bo'lardi. Toki bugungi kungacha 😉

TypeCorrect'ni MacBook'ingizga o'rnatasiz, kerakli imkoniyatlarni berasiz va tayyor.

Ыфдщь deb yozilib ketgan joyda Shiftni ikki marta bosasiz tamom. Matn avtomatik Salom ga o'zgarib qoladi. Teskarisiga ham xuddi shunday ishlaydi.

MacOS uchun ilovani yuklab olish 👇:
typecorrect.com/uz
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #406 130
Shaxmat va Design

Yaqinda Chess.com Blitz’da 1586 reytingga chiqdim va 88.5 percentilega kirdim, ya’ni o‘yinchilarning taxminan top 11.5% qismidaman.

Lekin shaxmatda menga eng yoqadigan narsa reyting emas.

Menga uning fikrlashga majbur qilishi yoqadi.

Shaxmatda raqib nima rejalashtirayotganini aniq bilmaysan. Vaziyatni kuzatasan, taxmin qilasan, yurish qilasan va natijani ko‘rasan.

Product design’da ham jarayon juda o‘xshash.

User nima qilishini oldindan aniq bilmaysan.
Dataga qaraysan.
User bilan gaplashasan.
Hypothesis qilasan.
Biror yechimni sinaysan.
Natijadan o‘rganasan.

Ba’zida esa juda mantiqli ko‘ringan yurish ham xato bo‘lib chiqadi.

Shunda eng muhimi o‘z qaroringni himoya qilish emas. Nega u ishlamaganini tushunish va yangi vaziyatga qarab keyingi yurishni qilish.

Balki shuning uchun shaxmat menga yoqar.

Product qurishga juda o‘xshaydi, faqat meni laptopimda pixel kataklari ko'proq, shaxmatda esa 64 ta.


___


O'zbekiston jamoasi shaxmat bo'yicha olimpiada g'olibi bo'lgani bilan hammangizni tabriklayman. Bu post uchun Javohir Sindarov bilan tushgan rasmimni topa olmadim afsuski🫠

@uxeruz
  • ❤ 6
Post #405 165
Janob Panda "Product Engineer" bo'ling!
8 oycha avval linkedinda shunday comment yozgan ekanman.

O'zgarishlar tez bo'lyabti... Juda qiziq o'zgarishlar...

@uxeruz
  • 🔥 5
Post #404 213
Bilaman, bu yerdagilarni juda ham katta qismi juda ham band insonlar. Shu sabab bu kanalda kino tavsiya qilishim qay darajada to'g'ri bilmayman.

Dam olish kunida 'Her' ni qayta ko'rmoqchiman. Agar avval ko'rmagan bo'lsangiz, sizga ham tavsiya qilaman.

Kino AI ga aloqador. 2013-yilda chiqqaniga qaramasdan, go‘yo aynan bugungi AI davri haqida ishlangandek tuyuladi.

Eng qizig‘i, film AI qanchalik aqlli bo‘lishi haqida emas. Inson unga qanchalik bog‘lanib qolishi mumkinligi haqida.

Dam olish kunlaringizni yaxshi o'tkazib oling.

@uxeruz
  • ❤ 5
Post #403 196
Menejment bo'yicha bir qiziq tavsiya o'qib qolgandim. Uni shu yerda qoldiraman.

Manage the system, not the people.

Managing people means renegotiating your standard every single week with every single person.

A system doesn’t negotiate. It’s the same on Monday as it is on a bad Friday.

First, you set the identity. Then you build the system that reinforces it. Then you plug people in — and manage the system, not each individual.

The ones who won’t play in it remove themselves. And the ones who want it start showing up.

You’re not the manager. You’re the architect.


@uxeruz
  • 🔥 7
Post #402 214

Forwarded from Shaha Dolimov

Bu postni o’qiyotgan bo’lsangiz, katta ehtimol bilan aqliy mehnat bilan shug’ullanasiz.

Ya’ni uzoq muddat ekran qarshisida o’tirasiz.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har yili yuritimizda 86 mingdan ziyod odam, yurak-qon tomiriga aloqador turli xil kasalliklardan vafot etishadi.

86 000+ KISHI…

Bu fojeaviy raqam.

Aksariyatini sababi, kam uyqu, notog’ri ovqatlanish, va kam harakatlilik.

Inson xaftasiga 150 daqiqa atrofida yurakning ikkinchi zonasida kardio qilish kerak deyishadi.

Agar fitness klubga yoki qandaydir zalga borishga qiynalsangiz sizga eng optimal sport turini tavsiya qilaman.

YUGURISH

Sizdan nari borsa $100 investitsiya talab qiladi halos.

Yaxshi krasoffka, shortik, futbolka.

Eshikni ochib ko’chaga chiqib olsangiz tamom.

Qordayam, yomg’irdayam, yugurib ketaversangiz bo’ladi.

Boshida yuring, keyin ozgina yuguring, keyin ko’proq.

Bu sportni hech kim yaxshi ko’rib tug’ilmaydi.

Lekin ma’lum muddat shug’ullanganingizdan keyin, SEVIB qolasiz.

Shaxsan menda eng ajoyib biznes yechimlar yoki g’oyalar aynan shu payt keladi.

Yuqoridagi statistikani kamaytirishimiz kerak.

Yaqinlaringizga sog’lom keraksiz.

Omad!

@shahadolimov
Post #401 178

Forwarded from Paiziev24

Product roliga yangi xodim oldik. U oldin logistika sohasida ishlagan.

Bugun u o’z kuzatuvi bilan bo’lishdi:

“Men Otabek aka bilan ishlaganimda, ayrim savollarimga ‘bilmayman’ deb javob berdilar. Samira bilan gaplashganimda ham ba’zi savollarga ‘bilmayman, eksperiment qilib ko‘rish kerak’ dedi. Rostini aytsam, bunga hayron qoldim. Men ishlagan joylarda rahbarlar deyarli hamma narsani bilardi. ‘Bilmayman’ deb javob berishmasdi.”

Men unga aytdim:

“Aslida bizni boshqa narsa ko‘proq qo‘rqitadi, sizning kelishingiz bilan ‘men bilaman, buni mana bunday qilish kerak’ deyishingiz”

Hali mijozlar bilan yetarlicha gaplashmagan, productdagi barcha holatlarni ko‘rmagan, lekin ayrim masalalarda juda qat’iy javob berishga harakat qilardi.

Product ishida “bilmayman” — zaiflik emas.

Aksincha, ba’zan eng professional javob:
“Bilmayman. Gipoteza bor. Mijoz bilan gaplashamiz, eksperiment qilamiz va natijaga qarab qaror qilamiz.”

Klassik loyiha boshqaruvida ko‘pincha oldindan nima qilish kerakligi ma’lum bo‘ladi.

Productda esa ko‘p narsani oldindan bilmaysiz.

Menimcha, product manager uchun eng xavfli narsa - bilmasligini bilmasdan, “bilaman” deb yurish.

@paiziev24
  • ❤ 1
  • 😁 1
Post #400 215
Sardor Muhammad Qiziq:) @uxeruz
Bu yerda keltirilgan Inversion thinking haqida qisqacha:

Inversion thinking bu muammoni odatdagi yo'ldan emas, balki teskari tomondan ko'rib chiqadigan fikrlash usuli. Odatda biz nima qilsam shu ishim o'xshaydi deb ish boshlaymiz. Inversion esa nima qilsam shu ishim o'xshamaydi degan savol bilan boshladi.

Maqsad salbiy fikrlash emas. Maqsad muvaffaqiyatsizlikka olib keladigan xatolarni, xavflarni, risklarni kamaytirish.

Masalan, agar maqsadingiz ilovangizning UX'ini yaxshilash bo'lsa, odatiy savol "Foydalanuvchilar uchun foydali nima qo'shishim kerak?" bo'ladi.

Inversion usulida esa "Qanday qarorlar foydalanuvchilarni ilovani birinchi haftadayoq tark etishga majbur qiladi?" deb o'ylaysiz. Javoblar orasida murakkab onboarding, sekin ishlash, juda ko'p ruxsat so'rash yoki tushunarsiz navigatsiya bo'lishi mumkin. Keyin aynan shu muammolarni bartaraf etishga e'tibor qaratasiz.

@uxeruz
Post #397 226
Muvofaqqiyatli mahsulot qurishda eng muhim narsa nima?

Uzoq vaqt men eng muhim omil to'g'ri tanlangan yo'nalish, ya'ni kuchli g'oya va business model deb o'ylardim.

Aslida bu ham juda muhim. Ammo hozirgi ishlab turgan joyimdagi ko'rganlarimdan hulosa qilib bitta narsani tushundim. Sizda dunyodagi eng zo'r g'oya bo'lsa ham uni noto'g'ri jamoa, noto'g'ri odamlar orqali deliver qilmoqchi bo'lsangiz, ko'p extimol kasod bo'lasiz.

Chunki mahsulotni muvaffaqiyatga olib chiqadigan narsa faqat g'oya emas. Uni to'g'ri tushunadigan, foydalanuvchini tinglay oladigan va eng muhimi, uni to'g'ri deliver qila oladigan jamoa.

Bu huddi turmush o'rtoq tanlashdek gap ekan men sizga aytsam. Bizni xalqda bir maqol borku -

"Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham xotin".

Shu maqolni beeemalol bugungi mavzumizga to'g'irlab yuborsak ham bo'lar ekan.

Shunday ekan qaro yerga botmaslik uchun to'g'ri odamlarni tanlang, keyin g'oya ustida ishlasangiz bo'ladi

@uxeruz
  • 😁 1
Post #396 195
Sardor Muhammad "Shuncha vaqtdan beri dizayner bo'lib nimaga erishding?" deb so'rasa, birinchi bo'lib bitta narsa hayolimga keladi. Eshitishni o'rgandim. Dizayn chizishni, Figma ishlatishni emas. Aynan eshitishni. Dizayner bo'lsangiz, deyarli har kuni feedback olasiz.…
Bizning jamoaga ham aynan shunday eshitishni biladigan inson qidiryabmiz.

Bizga qo'shiling, birgalikda o'samiz!

@uxeruz
Post #395 196
"Shuncha vaqtdan beri dizayner bo'lib nimaga erishding?" deb so'rasa, birinchi bo'lib bitta narsa hayolimga keladi.

Eshitishni o'rgandim.

Dizayn chizishni, Figma ishlatishni emas.

Aynan eshitishni.

Dizayner bo'lsangiz, deyarli har kuni feedback olasiz. Ba'zida bitta ekranga 20–30 ta izoh tushadi. Ba'zida esa bir necha kun ishlagan dizayningiz uchun: "Boshidan qilamiz." degan gapni eshitasiz.

Avvallari bunday paytlarda har bir feedbackni o'zimga qaratilgandek qabul qilardim. Go'yo mening qobiliyatim tanqid qilinayotgandek tuyulardi.

Vaqt o'tib bitta narsani tushundim:

Feedback sizga emas, yechimga beriladi.

Bu fikrni bir kitobda o'qiganimdan keyin yanada chuqurroq anglagandim. Afsuski, hozir qaysi kitobligi esimda yo'q, lekin undagi bir jumla yodimda qolgan:

"Feedback is a gift."

Agar har bir izohni ego orqali qabul qilsangiz, o'sish qiyinlashadi. Agar uni foydalanuvchi va biznes nuqtai nazaridan tinglasangiz, har bir feedback sizni kuchliroq dizayner qiladi.

Bu, albatta, har bir fikrga ko'r-ko'rona rozi bo'lish degani emas. Ba'zan o'z qaroringizni himoya qilishingiz ham kerak. Lekin undan oldin qarshi tomonni oxirigacha eshita olishni o'rganish kerak.

Qizig'i shundaki, bu odat faqat ishimni emas, shaxsiy hayotimni ham o'zgartirdi.

Bugun kimdir mendagi kamchilikni aytsa va u haq bo'lsa, tortishishga urinmayman. Qabul qilaman.

Gapni kim aytayotgani ham muhim emas. Yoshi, jinsi, dini yoki lavozimi emas, aytilgan fikrning qanchalik o'rinli ekani muhim.

Men uchun dizaynerlikdagi eng katta yutuqlardan biri chiroyli UI chizishni o'rganish emas.

Eshitishni o'rganish bo'lgan.

Chunki aynan shu ko'nikma meni ham kasbiy, ham shaxsiy jihatdan o'stirdi, o'stiryabti.

@uxeruz
  • ❤ 7
  • 👏 1
Post #394 227
Don't be a producer. Be a reducer.

Design:
Reduce unnecessary elements. Increase clarity.

Product:
Reduce unnecessary features. Increase focus.

Real Life:
Reduce bad habits. Improve yourself.

@uxeruz
  • 🔥 6
  • 🗿 3
Older posts →

About this channel

How can I read @uxeruz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for UXER: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does UXER have?
UXER (@uxeruz) has 102 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does UXER know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →