TGViewer
UXER UXER @uxeruz · 102 subscribers
Post #401 178

Forwarded from Paiziev24

Product roliga yangi xodim oldik. U oldin logistika sohasida ishlagan.

Bugun u o’z kuzatuvi bilan bo’lishdi:

“Men Otabek aka bilan ishlaganimda, ayrim savollarimga ‘bilmayman’ deb javob berdilar. Samira bilan gaplashganimda ham ba’zi savollarga ‘bilmayman, eksperiment qilib ko‘rish kerak’ dedi. Rostini aytsam, bunga hayron qoldim. Men ishlagan joylarda rahbarlar deyarli hamma narsani bilardi. ‘Bilmayman’ deb javob berishmasdi.”

Men unga aytdim:

“Aslida bizni boshqa narsa ko‘proq qo‘rqitadi, sizning kelishingiz bilan ‘men bilaman, buni mana bunday qilish kerak’ deyishingiz”

Hali mijozlar bilan yetarlicha gaplashmagan, productdagi barcha holatlarni ko‘rmagan, lekin ayrim masalalarda juda qat’iy javob berishga harakat qilardi.

Product ishida “bilmayman” — zaiflik emas.

Aksincha, ba’zan eng professional javob:
“Bilmayman. Gipoteza bor. Mijoz bilan gaplashamiz, eksperiment qilamiz va natijaga qarab qaror qilamiz.”

Klassik loyiha boshqaruvida ko‘pincha oldindan nima qilish kerakligi ma’lum bo‘ladi.

Productda esa ko‘p narsani oldindan bilmaysiz.

Menimcha, product manager uchun eng xavfli narsa - bilmasligini bilmasdan, “bilaman” deb yurish.

@paiziev24
  • ❤ 1
  • 😁 1
More from @uxeruz
  1. Oct 8, 2026Startup’da ishlashni zerikarli bo‘lib ketishidan saqlaydigan eng katta omillardan biri tur…
  2. Oct 2, 2026Kichik Pivot Bu oydan boshlab Product Manager sifatida sinov muddatida ishlashni boshladim…
  3. Oct 1, 2026Numeo'ga kelishimdan avval bu kompaniya tugul, uning founder'lari haqida ham yetarlicha ma…
  4. Sep 29, 2026Hehe🥲 Credits @uxeruz
  5. Sep 28, 2026Recommendations: 1. INSPIRED — Marty Cagan It focuses on how product teams discover and bu…
  6. Sep 28, 2026Assalomu alaykum deb yozyapman deb o'ylab ekranga qarasangiz Фыыфдщьг фдфнлгь deb yozilgan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →