TGViewer
UXER UXER @uxeruz · 102 subscribers
Post #413 57
Startup’da ishlashni zerikarli bo‘lib ketishidan saqlaydigan eng katta omillardan biri turli yo‘nalishlarda o‘zingni sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lsa kerak. Qayerda foyda bera olsang, shu yerda.

Bir xil vazifalarni, bir xil jarayonlarni qayta-qayta qilish ma’lum vaqtdan keyin rutinaga aylanib qolishi mumkin. Ayniqsa, bir sohada uzoq vaqt ishlaganda.

Avval faqat design’ga aloqador yo‘nalishlarda o‘zimgni sinab ko‘rish imkonim bor edi. Hozir esa, ayniqsa AI davrida, boshqa sohalarda ham experiment qilib ko‘rish ancha osonlashdi.
Masalan, yaqinda backend kursini tugatdim. 😄 Keyin esa mobile app development’ni ham sinab ko‘rdim. Albatta vibe coding orqali)

Bu bilan birdaniga “developer bo‘ldim” demoqchi emasman. Shunchaki, ba’zida rutinadan chiqib, boshqa narsani o‘rganib ko‘rishning o‘ziyoq ishga bo‘lgan qiziqishni qaytarishi mumkin.

Balki startup’ning eng yaxshi tomonlaridan biri ham shudir. Position bitta bo‘lishi mumkin, lekin o‘rganadigan, experiment qiladigan narsalaringning chegarasi yo‘qdek.

@uxeruz
  • 🔥 8
More from @uxeruz
  1. Oct 2, 2026Kichik Pivot Bu oydan boshlab Product Manager sifatida sinov muddatida ishlashni boshladim…
  2. Oct 1, 2026Numeo'ga kelishimdan avval bu kompaniya tugul, uning founder'lari haqida ham yetarlicha ma…
  3. Sep 29, 2026Hehe🥲 Credits @uxeruz
  4. Sep 28, 2026Recommendations: 1. INSPIRED — Marty Cagan It focuses on how product teams discover and bu…
  5. Sep 28, 2026Assalomu alaykum deb yozyapman deb o'ylab ekranga qarasangiz Фыыфдщьг фдфнлгь deb yozilgan…
  6. Sep 27, 2026Shaxmat va Design Yaqinda Chess.com Blitz’da 1586 reytingga chiqdim va 88.5 percentilega k…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →