Shaxmat va Design
Yaqinda Chess.com Blitz’da 1586 reytingga chiqdim va 88.5 percentilega kirdim, ya’ni o‘yinchilarning taxminan top 11.5% qismidaman.
Lekin shaxmatda menga eng yoqadigan narsa reyting emas.
Menga uning fikrlashga majbur qilishi yoqadi.
Shaxmatda raqib nima rejalashtirayotganini aniq bilmaysan. Vaziyatni kuzatasan, taxmin qilasan, yurish qilasan va natijani ko‘rasan.
Product design’da ham jarayon juda o‘xshash.
User nima qilishini oldindan aniq bilmaysan.
Dataga qaraysan.
User bilan gaplashasan.
Hypothesis qilasan.
Biror yechimni sinaysan.
Natijadan o‘rganasan.
Ba’zida esa juda mantiqli ko‘ringan yurish ham xato bo‘lib chiqadi.
Shunda eng muhimi o‘z qaroringni himoya qilish emas. Nega u ishlamaganini tushunish va yangi vaziyatga qarab keyingi yurishni qilish.
Balki shuning uchun shaxmat menga yoqar.
Product qurishga juda o‘xshaydi, faqat meni laptopimda pixel kataklari ko'proq, shaxmatda esa 64 ta.
___
O'zbekiston jamoasi shaxmat bo'yicha olimpiada g'olibi bo'lgani bilan hammangizni tabriklayman. Bu post uchun Javohir Sindarov bilan tushgan rasmimni topa olmadim afsuski🫠
@uxeruz
Post #406
130

- ❤ 6