TGViewer
Channel Public Channel
Paiziev24

Paiziev24

@paiziev24

Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.
Subscribers
12.8K
Photos
1.1K
Videos
241
Links
554
Recent Posts 20 shown
Post #2420 1.36K
Ma’ruzalarsiz Stanford

a16z Horowitz Andreessen Academy’ni — San-Fransiskoda maktabni endigina bitirgan yoshlar uchun bir yillik ta’lim dasturini ishga tushirdi. O‘qish bepul, ilk qabulda 50 kishi olinadi, dastur 2027-yil kuzida boshlanadi.

Diplom ham, akkreditatsiya ham bo‘lmaydi. Akademiyaga Udemy va Maven hammuassisi Gagan Biyani asos solgan. E’lon qilingan maqsad - yaratishni o‘rgatish.

Dasturda nimalar bor:

Vaqtning 75–80 foizi shaxsiy loyihalarga ajratiladi: modelni noldan o‘qitish, odamsimon robot yasash, kompaniya ochish, film suratga olish yoki teoremani isbotlash.
Har bir ishtirokchiga hisoblash resurslaridan foydalanish uchun 50 ming dollarlik kredit va sayohatlar uchun 5 ming dollar beriladi.
Sentabrdan aprelgacha — kampusda ta’lim, mayda — xorijga safar, yozda — kompaniyada ishlash.
Spikerlar: Altman, Huang, Fey-Fey Li, Kollison, Nadella.
Ta’sischi hamkorlar: OpenAI, Anthropic, NVIDIA, Google, Meta, Palantir, Anduril, Stripe.
Saralash baholarga emas, amalda qilingan ishlarga — proof of work’ka asoslanadi. Xorijliklar ham qabul qilinadi.
Turar joy xarajatlari ishtirokchining o‘z hisobidan: oyiga taxminan 1 700 dollar.

Rasman bu ta’lim muassasasi, lekin amalda fond uchun istiqbolli asoschilarni topish kanalidek ishlaydi. Universitet pulni oldindan oladi va natija uchun javob bermaydi.

Bu yerda esa aksincha: talaba pul to‘lamaydi. a16z esa o‘sha ellik kishidan kimdir kompaniya qurib, bir yil davomida uni hisoblash resurslari bilan ta’minlaganlarga sarmoya so‘rab kelsagina pul ishlaydi.

Thiel Fellowship har bir ishtirokchiga 100 ming dollar bergan. Uning ishtirokchilari orasidan Vitalik Buterin va Figma asoschisi Dilan Fild chiqqan. Akademiya xuddi shu g‘oya uchun 42 million dollar jalb qildi. Investitsiya raundiga a16z yetakchilik qildi.

Proof of work asosida saralash — allaqachon nimadir yaratayotganlarni qabul qilish degani. Shuning uchun «yaratishni o‘rgatish» unchalik aniq ta’rif emas. To‘g‘rirog‘i, shunday odamlarni bir xonaga yig‘ish, ularga hisoblash resurslarini berish va yoniga sarmoya ajratish qarorini qabul qiladiganlarni o‘tqazish.

Stenfordning asosiy mahsuloti ham doim shu bo‘lgan: kirishdagi saralash va yotoqxonadagi qo‘shnilar. a16z saralash va qo‘shnilarni qoldirib, ma’ruzalar bilan diplomni chiqarib tashladi.

Diplom — seni hali ko‘rmagan ish beruvchi uchun salohiyatingni bildiruvchi belgi. Bu yerda esa ish beruvchilar hamkorlar ro‘yxatida turibdi va qilgan ishlaringni o‘zlari ko‘rib baholaydi.

2028-yildan boshlab, tartibga soluvchi idoralar ma’qullasa, yiliga 60–90 ming dollar turadigan ikki yillik pullik dastur ochish rejalashtirilgan. Bu odatiy universitet narxi. Aftidan, bepul bir yil — ko‘rgazmali namuna, haqiqiy biznes esa pullik ikki yildan boshlanadi.

O‘sha ellik kishi uchun «Bu diplomning o‘rnini bosadimi?» degan savol ortiqcha. Olmaotalik Arlan maktabni tashlab, 6,2 million dollar jalb qildi va hech qanday akademiyasiz, favqulodda qobiliyat egalari uchun beriladigan AQShning O-1 vizasini oldi. Bunday odamlar yo‘lini o‘zi topadi, akademiya esa ularni izlab topishni tizimli jarayonga aylantiradi.

Men bunga venchur bitimining yangi turi sifatida qaragan bo‘lardim: fond kompaniya paydo bo‘lishidan uch yil oldin insonning o‘ziga sarmoya kiritadi. Agar bu model ishlasa, besh yildan keyin har bir yirik fondning o‘z akademiyasi bo‘ladi.

Shunda universitetlar aynan eng yaxshi talabalarini yo‘qota boshlaydi. Bu esa ular uchun ancha og‘riqli bo‘ladi.

theacademysf.com

@paiziev24
  • 👍 20
  • 🔥 7
  • ❤ 4
Post #2419 4.31K
Meta’ning Muse AI agenti sizga kerakli narsalar xarid qilish va aviachipta bron qila oladi. Ikki haftada 2,5 milliondan ortiq yuklab olingan.

Meta odamlarning kundalik ishlarini bajaradigan AI agentlar bozorida tez o’smoqda.

Kim ishlatib ko’rdi? Qanday vazifalar bersan bo’lar ekan deb o’ylayapman.

@paiziev24
  • 👍 35
  • 🔥 12
  • ❤ 5
  • 🥴 1
Post #2418 4.66K
Ayrim intervyularda bergan javoblarimni qayta eshitib, ulardan qoniqmagan paytlarim ko‘p bo‘ladi. Savolga bir tomondan qarab javob berib, boshqa jihatlarini e’tibordan chetda qoldirganimni payqayman.

Yozda Tamilla Kurbanova bilan yozilgan podkastdagi ayrim javoblarim haqida ham shunday o‘yladim.

https://youtu.be/dxHC03XhYsA

@paiziev24
  • 👍 30
  • ❤ 9
  • ⚡ 3
Post #2417 6.21K
  • 👍 66
  • ❤‍🔥 22
  • 🔥 8
  • 🥱 5
  • ❤ 2
Post #2416 6.89K
O’tgan kuni rus do’stim Ilmir bilan uchrashdik. U avval RosNeftda ishlagan va Venesuelada qazish ishlari bilan shugullangan. U sherigi bilan minerallarni qidirish va AI bilan qayerni qazish kerakligini bashorat qiluvchi startap ustida ishlayapti. Komandada 2 odam edi bir necha yil, yaqinda 2 ta odam ishga olishibdi. 2 ta odamlik startap 12 million dollar investitsiya ko’tarishgan. Ular pulni Mining (qazish) joylari sotib olish va qazuvchilarga ishlatishar ekan. Modelligi qayerni sotib olishni bashorat qiladi, Wyoming shtatida usha joyni 200-300 ming dollarga qazish uchun sotib olishadi, kuniga $30000 to’lab qazitishadi. Dastur va algoritm xato qilgan bo’lsa yana yangi joy sotib olib, qazishadi. Xatolar yer narhi + kunlik qazish harajatlari.

Nima demoqchiman, 2 ta odam ham Mining (qazish) sohasida startap qilishi mumkin. AQSh venchur bozori, bunday eksperimentlarga millionlab pul tikishi mumkin va 2 ta odamlik kompaniya davlatdan bunga ruhsat olishi mumkin.

@paiziev24
  • ⚡ 76
  • 🔥 36
  • 👍 23
  • ❤ 11
  • 💯 1
Post #2415 6.92K
Post #2413 8.19K
Innovatsiyaning chegarasi yo‘q. 10 yil avval har kuni ishlatadigan tish cho‘tkamda AI, Bluetooth, Wi-Fi va kamera bo‘ladi deyishsa, ishonmas edim.

Dyson - soch quritish fenlari, uy ventilyatorlari va havo tozalagichlarini texnologiya va dizayn bilan qayta ixtiro qilgan kompaniya. Endi ular CameraJet tish cho‘tkasini taqdim etishdi. 500 mingta tish rasmi va videosi asosida o‘rgatilgan AI kerakli joyga bosimli suv yuborib, tishdagi kirlarni tozalaydi.

https://youtu.be/IuP4jZOs4sY?is=eQamnKrkE2GJbgRY

@paiziev24
YouTube Dyson CameraJet™: official launch with James Dyson​ James Dyson reveals Dyson CameraJet™, the only toothbrush with a camera that precision-flosses as you brush.¹ Discover how Dyson engineers approached oral care from a different angle, and explore the problem-solving and engineering behind the device’s development.…
  • 👨‍💻 26
  • 🔥 18
  • 🎄 7
  • 🆒 7
  • 🥴 6
  • 😁 4
  • 🤓 4
  • 🤔 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #2412 7.71K
Bizga juda tanish holat: raqobat qilish qiyinlashsa, davlatga borib, boshqalarga chegara qo‘yishni so‘rash.

Michael Burry AI xavfsizligi bahonasida rivojlanishni sekinlashtirishga chaqirayotgan yirik o‘yinchilarni aynan shunda ayblayapti.

Yann LeCun yaqinda Dario Amodeini ochiqchasiga tanqid qilib, uning AI xavfsizligi haqidagi pozitsiyasi ustidan kulishga chaqirdi.

Uning fikricha, OpenAI va Anthropic rahbarlari AI rivojini sekinlashtirishni insoniyat xavfsizligi uchun emas, raqobatchilar ularga tez yetib olayotgani uchun xohlashmoqda.

Burryning asosiy argumenti - bugungi LLM’lar hali AGI emas va hozircha rivojlanishni keskin to‘xtatishni talab qiladigan ekzistensial xavf yo‘q. Ammo “AI xavfsizligi” narrativi orqali yangi regulyatsiyalar kiritilsa, bu bozorda oldinda turgan kompaniyalar uchun juda qulay kirish to‘sig‘i - moat yaratadi.

Texnologiyada eng kuchli lobbying vositalaridan biri bu qo‘rquv.

@paiziev24
  • 💯 41
  • 👍 13
  • ❤ 9
Post #2410 15.9K
Paiziev24 Behzod Hoshimovning navbatdagi intervyusini ko‘rdim. Futbolchilar haqida zo‘r misol keltirishibdi: gol urishni va muxlislarning olqishini yaxshi ko‘rishning o‘zi yaxshi futbolchi bo‘lish uchun yetmaydi. Futbol o’ynash bu butun ular ishining 2% ni tashkil qilar…
Behzodning ohirgi podcastida, odamlar qanchalik keyin tug’ilsa ular shunchalik omadli degan fikriga qo’shilaman.

Esimda 14 yoshligimda 3D kompyuter animatsiyasiga qiziqar edim. 3D video yaratish uchun, oylab vaqt sarflash kerak bo’lar edi. Avval Photoshopni o’rganganman, Amir Temur metro bekatida kompyuterga oid kitoblar do’koniga borib Adobe PhotoShop, Adobe Premiere va 3D Max kitoblarini sotib olganman. Kitoblarni o’qib, ketma ketlikda amallarni bajarib, 3D model yaratishni o’rganar edim. Keyin modellar uchun teksturalar internetdan oson olish imkoni bo’lmasdi, chizish kerak edi Photoshopda. Bitta asal ari modelini yaratib, bo’yash uchun 4-5 kun vaqt ketardi. Keyin uni harakatlantirish, Adobe Premiereda arini biron fonga qo’yib video qilish uchun yana bir necha kun. Kompyuter ko’p renderingga vaqt olardi.

Hozir ihtiyoriy o’ylagan 3D modelingiz bo’ladimi, animatsiya bo’ladimi, to’liq film bo’ladimi, agar siz aniq tasvirlab bera olsangiz AI yordamida oylar va kunlarda emas, natijani daqialarda olishingiz mumkin.

Youtube yoki ijtimoiy tarmoqlarga joylab, 1 kunda millionlab odamlarga yetkazish mumkin. Bunday zo’r imkoniyat tarixda bo’lmagan.

@paiziev24
  • ❤ 56
  • 👍 40
  • 🔥 11
  • 💯 4
  • ⚡ 3
  • 💊 2
Post #2409 7.28K
SpaceXAI 15–17-sentabr kunlari uch kishilik jamoa Grok Bot yordamida noldan boshlab to‘liq kompaniya qurish jarayonini jonli efirda namoyish qiladi.

Mattyp, Poteto va Roshan_s g‘oyadan boshlaydi va tomoshabinlar ko‘z o‘ngida biznes-reja tuzish, mahsulot bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda dasturlash va texnik ishlanmalarni amalga oshirishadi. Butun jarayonni jonli kuzatish mumkin bo‘ladi.

AI yordamida 0 dan biznes qurishni bepul o’rganing.

Tadbirga onlayn qo‘shilish yoki San-Fransiskodagi sessiyalarda shaxsan qatnashish mumkin. Har ikkala variant uchun ham oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

https://x.com/tetsuoai/status/2098233797745725882?s=46&t=XzCshuJI5j-ZzR-Q7uq_-w

https://luma.com/3ifrgttw

@paiziev24
  • ❤ 26
  • 👍 19
  • 🔥 12
Post #2407 6.28K
All-in podcastini eshitmoqdaman. David Sacks AQSh Venesuelaga bostirib kirib neft bitimini bosim ostida imzolaganini sog’lom biznes bitim dedi.

U Trump maslahatchisi, unga ham oson emas.

Shu o’rinda bir qancha tadbirkorlarning o’zlari ichlaridan qarshi bo’lgan fikrlarni, siyosiy maqsadda omma oldida quvvatlashlarini ko’rib achinardim. Hozir esa qabul qilaman, bu ular tanlagan yo’l.

@paiziev24
  • 🔥 18
  • 👍 5
  • 💯 3
  • ❤ 2
Post #2406 5.87K
Postimga izohlarda shunday savol so’rashibdi. Mening fikrim - podcast strukturasi va tayyorgarlik bo’lishi kerak. Boshlovchi o’zining auditoriyasini yaxshi his qilishi kerak. Qo’shimcha savollar struktura ustiga, holatdan kelib chiqib berilishi kerak.

Bekzodning ohirgi podcastida boshlovchi AI agentlardan foydalangan deb o’yladim. YouTube da qachon nima degani, Telegram postlarini analiz qilish juda ko’p vaqt oladi. Buni turli hil AI agentlar bugungi kunda juda yaxshi bajaradi. Boshqa podcastlar olib boruvchilar uchun ham shuni tavsiya qilardim, agar ular o’z savollari strukturasi sayoz deb hisoblasalar.

@paiziev24
  • 👍 25
  • ❤ 3
Post #2405 5.54K
Muhammadayub do’stimiz Mountain Viewdagi podcast studuyasiga taklif qildi. Suhbat bilan ulashayapman.


🎙 Ayubrecords #21 — Akmal Payziev
📍 Kremniy Vodiysi, Kaliforniya

Startup qurish, AI agentlar va Kremniy Vodiysi haqida gaplashdik:

– SpeechSense AI nega to'xtadi
– Market fit qanday topiladi
– AI agentlar xodimlar o'rnini egallay oladimi?
– Bugun AI agentlar bilan nima qurgan bo'lardingiz?
– Kremniy Vodiysida aslida nimalar bo'layapti

To'liq suhbat efirda 👇
Youtube’da tomosha qiling

@paiziev24
  • 🔥 21
  • 👍 8
  • ❤ 7
  • ✍ 2
Post #2404 6K
Behzod Hoshimovning navbatdagi intervyusini ko‘rdim. Futbolchilar haqida zo‘r misol keltirishibdi: gol urishni va muxlislarning olqishini yaxshi ko‘rishning o‘zi yaxshi futbolchi bo‘lish uchun yetmaydi. Futbol o’ynash bu butun ular ishining 2% ni tashkil qilar ekan. Futbolchining asosiy hayoti har kungi mashg‘ulotlar, yugurish, rejim va bir xil mashqlarni qayta-qayta bajarishdan iborat. Maydondagi gol shu mehnatning hammaga ko‘rinadigan qismi.

Kompaniya asoschilarida ham shunday. Tashqaridan qaraganda investitsiya jalb qilish, sahnaga chiqish, intervyu berish va kompaniyani katta pulga sotish ko‘rinadi. Bular ko‘pchilikka yoqadi.

Ammo kundalik hayot boshqacha: mijozga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilish, nega mahsulotingni ishlatmayotganini tushunish, xatolarni tuzatish, to‘g‘ri xodimni topish, pul oqimini boshqarish. Ba’zan oylar davomida ishlab, kutilgan natijani ko‘rmaslik. Ertasiga esa yana davom etish.

@paiziev24
YouTube Nega aqlli odamlar kambag‘al bo‘lib qoladi? Yana kimlar bilan podcast tashkillashtirishimizni xohlaysiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring. ► Humoyun Sabirov ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram — https://www.instagram.com/humoyunsabirov Telegram — https://t.me/humoyunsabirov YouTube — https://w…
  • 👍 45
  • 🔥 7
  • ❤ 4
  • 👏 3
Post #2403 5.89K
Bending Spoons kompaniyasi Miro kompaniyasini 1.35 milliard dollarga sotib olmoqda. Miro bir vaqtlar 17 miliard dollar baholangan. Bugungi kunda 600 million dollar ARR qilmoqda. 2x ARR multiplikatorda sotilishi SaaS vaqti o’tgani xaqida signal.

@paiziev24
  • 🔥 42
  • 😢 18
  • 👍 6
  • 👏 5
  • ❤ 2
Post #2402 5.47K

Forwarded from Samira Latipova - Growth

Muhandisdan Product Engineer’gacha

Numeo’ga Growth bilan shug‘ullanish uchun qo‘shilganimda, avvalo odamlar e’tiborimni tortdi. Hamma juda juda tez ishlaydi, yangi narsalarni o‘rganishga qiziqadi va umumiy atmosfera growth oriented.

Ko‘pchilikda product va growth’ga qiziqish borligini payqab, bir fikr keldi: muhandislarga Product Engineer bo‘lib o‘sishga yordam bersak-chi?

G‘oya oddiy: muhandis foydalanuvchining muammosini o‘zi o‘rganadi, yechim ishlab chiqadi va natijasini kuzatadi. Bu mahsulotni tezroq rivojlantirishga yordam berishi mumkin.

Oldingi urinishlarimiz o‘xshamagan bo‘lsa ham, yana sinab ko‘ryapmiz. Bollar bilan foydalanuvchilarni tushunish va mahsulot ko‘rsatkichlarini yaxshilash ustida ishlayapmiz. Ularning bunga ishtiyoq bilan kirishgani meni quvontiryapti.

Hamkasbim Bekzodbek Turgunov kanalida shu jarayon va o‘rganganlari haqida yozib boryapti. Qiziqsangiz, kuzatib boring!

Men uchun ham bu yangi tajriba. Ko‘ramiz. Update bo’lsa, shu yerda bo’lishaman.

@latipovasamira
  • 🥱 20
  • 🔥 11
  • ❤ 9
  • 👍 4
  • 👏 4
  • 🥴 2
  • 😭 1
Post #2398 6.48K
Tez rivojlanayotgan sohalardan biri bu arxitektura uchun 3D-printing. Italiyaning WASP kompaniyasini kuzatib boraman. Ular sopol va beton 3D-printerlar yordamida uylar, tashqi mebellar va interyer elementlarini chop etishadi. O‘zbekistonda ham bunday mahsulotlar uchun katta bozor bor. Printerlar narxi $75 000 dan boshlanadi.

https://www.3dwasp.com

https://www.instagram.com/reel/C79GjSKIggT/?stkn=MXU2ZG1lamt1anY1Ng==


@paiziev24
Stampanti 3D | WASP Stampanti 3D | WASP | Azienda leader nel settore della stampa 3D WASP Stampanti 3D. Leader nel settore della stampa 3d, progetta, produce ed effettua la vendita di stampanti 3d interamente made in Italy.
  • 👍 21
  • ❤ 5
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @paiziev24 without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Paiziev24: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Paiziev24 have?
Paiziev24 (@paiziev24) has 12.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Paiziev24 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →