Startup qilish uchun “to‘g‘ri yosh” bormi?Bu savolga o‘z tajribamdan kelib chiqib javob beraman. Tajribam:
klassik biznesda tadbirkor bo’lganman, ikkita startup qilganman, hozir esa US startupda founding team’da oylik/optsionga ishlayapman. Menimcha, yoshning ham, tajribaning ham o‘z +-lari bor.
Kattaroq yoshda tajriba, network, bozor va odamlarni tushunish ko‘proq bo‘ladi. Statistika bo’yicha ham, kattaroq yoshdagi founderlar investment jalb qilishi, yaxshi kardlar hire qilishi osonroq bo’ladi.
Lekin 30+ yoshda vaqt (opportunity cost) qimmatroq: oila, farzandlar, moliyaviy majburiyatlar bo’ladi. Bir necha yilni katta risk bilan startupga tikish ancha emotsional qiyinroq qaror bo’lishi mumkin.
Yoshlikda esa tajriba kam, xatolar ko‘p. Lekin eng katta ustunlik -
vaqt, energiya va risk qilish imkoniyati bo’ladi.
17-20 yoshingizda startup fail bo‘lsa, yana urinib ko‘rishga vaqt bo’ladi. Ikkinchisi ham fail bo‘lsa, uchinchisini boshlash mumkin.
Meni shaxsiy xulosam: Startupda faqat tajriba hamma narsani hal qilmaydi.
Ambitsiya, kuch, sabr, timing va biroz omad ham kerak.Ayniqsa hozir. Texnologiyalar juda tez o‘zgaryatkan payt. Bugun o‘rgangan narsangiz 5–10 yildan keyin umuman boshqacha ishlashi mumkin. Shuning uchun “avval 4-5 yil tajriba yig‘ib, keyin startup qilaman” degan fikrga unchalik qo‘shilmayman.
Tajriba albatta katta plus. Lekin
vaqt ancha qimmatroq resurs. Va u juda tez o‘tadi.Yosh bo‘lsangiz, kuchingiz, ambitsiyangiz va risk qilish imkoniyatingiz bo‘lsa - try qilib ko’rish kerak deb o‘ylayman. Fail bo‘lsa ham, tajriba baribir qoladi.
“Shu narsaga hayotimning bir necha yilini berishga tayyormanmi?” - degan savolga javob topsangiz bo’lgani.
@latipovasamira