TGViewer
Channel Public Channel
Praktik Azizbek Kurbonov

Praktik Azizbek Kurbonov

@praktikazizbek

Human Intelligence tomonidan yaratilgan fikrlar, loyihalar analizi, shaxsiy rivojlanish.

Azizbek Kurbonov shaxsiy fikrlari aks etgan kanal.

Linkedin: https://www.linkedin.com/in/azizbek-kurbonov/
Subscribers
1.78K
Photos
174
Videos
7
Links
88
Recent Posts 15 shown
Post #395 2.09K
Talking to Humans.pdf2.1 MB
Yaqinda bir IT Community a'zosi tomonidan ajoyib bir kitob tavsiya qilindi.

Kitob nomi Talking to Humans, va asosiy ma'nosi mijozlarni yaxshiroq tushunish, to'g'ri savollar berish.

U early stage founderlar uchun juda foydali ekan va oddiy tilda yozilgan.

O'qib, feedback berarsizlar 😉
  • 🔥 12
  • ❤ 6
  • 👍 6
Post #393 840
Kerakli vaqt, kerakli joyda bo’lish sizga ustunlik beradi. Lekin, kerakli uchrashuvga tayyor bo’lish ustunlikdan foydalanishga yordam beradi.

YPO dunyodagi eng katta CEO lar communitysi (biznes klub) O’zbekistonda o’z chapterini ochishga tayyorgarlik qilyapti. Meni kelajakdagi klub a’zosi sifatida taklif qilishdi va juda qiziqarli ma’lumotlar bilan bo’lishdi.

YPO 1950 yilda AQShda tashkil topgan va hozirgi kungacha 150 davlatda 38,000 ta a’zoga ega. Biznes klub sizni butun dunyodagi CEOlar bilan bog’laydi va sizga qudratli kuch beradi.

YPO a’zolari ichida quyidagilar bor:
Tik Tok, Chanel, Four seasons va yana juda ko’p kompaniyalar CEOlari.
  • 👍 22
  • 🔥 10
  • ⚡ 5
Post #392 714
Ko’p kompaniyalar userlarga / mijozlarga maksimum qulaylik yaratyapdi.

Tegizmasdan to’lash, xohlagan vaqt xohlagan kinongizni ko’rish, vaqtni belgilab qirqtirish, uydan chiqmasdan xizmatlardan foydalanish.

Bir kun kelib, odam avvalgi zamondagiday televizorni qoyib “random” shouni ko’rgisi keladi, sartaroshxonaga (hozir barbershop deyilar ekan) borib navbat kutib, bozorda rastalar orasida adashgisi keladi.

Biz hozirgi kunda juda ko’p narsani boshqaryapmiz, bir kun kelib miyamiz bundan charchab ketadi. Va shu insight atrofida bizneslar paydo bo’ladi.
  • ⚡ 15
  • ❤ 6
  • 🤔 5
  • 👎 2
Post #391 716
Starting from tomorrow, during only few days you have chance to win 🏆

Apply
  • 👍 4
Post #390 721
Qanday qilib odam Buxorolik ekanligini aniqlasa bo'ladi?

- Juda oddiy.

Birinchi qulay imkoniyat topilganda u o'zi sizga xabar beradi ;)
  • 😁 39
  • 🥰 1
Post #384 1.25K
Bozordagi har xil rolda bo’lganimdan keyin, ko’ngil yangilik xohlaydi.

Founder, investor, advisor, program director, coach rollaridan keyin birrovga boshlovchilik va moderatorlik qilgisi keladi odamni.

Moderatorlik bu bir nechta to’lqinlarni urushtirmasdan ularni uyg’unlashtirish, havo oqimlarini his qilib, kemalarga to’g’ri ko’rsatmalar berishdek.

Faraz qiling sahna, ekran, chiroyli ofis, aqlli odamlar, kelajagi porloq founderlar. Hamma o’zbek tilida gapiryapti, lekin hamma o’zining tilida gapiryapti. Moderator aynan o’zbekdan o’zbek tiliga o’girib, odamlarni bog’lovchi yumshoq kuch.

Sukut va hazil balansiga javob beruvchi shaxs sifatida tadbir yaxshi o’tganiga aminman.
  • ❤ 6
  • 🔥 6
Post #383 820

Forwarded from StartupFest

Yandex Uzbekistan’da startaplar uchun muhim kun muvaffaqiyatli o‘tdi!

🚀 Yandex Uzbekistan va StartupFest hamkorligidagi Catalyst tadbiri bugun zo‘r atmosferada, ishtirokchilarning yuqori kayfiyati va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

🎤 Startapchilar o‘z loyihalarini Yandex ekspertlari, investorlar va soha mutaxassislariga muvaffaqiyatli taqdim etishdi; 💬 Yandex ekotizimiga integratsiya qilish imkoniyatlari bo‘yicha qimmatli feedback va tavsiyalar olishdi;
🤝 Venture fondlar vakillari bilan samarali networking o‘tkazildi;
💰 Loyihalarni rivojlantirish va investitsiya jalb qilish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.


Bugungi Catalyst dasturi loyihalarga yangi imkoniyatlar bag‘ishlagan unutilmas tadbirlardan biriga aylandi.

✨ Barcha ishtirokchilarga va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Linkedin
  • ❤ 3
  • 👏 1
Post #382 678
Agar siz O'zbekistonda istalgan CEO & Founderga aloqaga chiqib kofe ichib bilganizda, kim bilan ko'rishar edingiz?
Post #381 737

Forwarded from IT Community of Uzbekistan (Shahrizoda Jurakulova)

➡️▶️◀️🆗⬅️

💚 Navoiy, Roadshow’ni kutib ol!

20-sentyabr kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar seriyasi.
Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo‘nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o‘z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar o‘tkazamiz.

🎤 Navoiydagi Roadshow’da sizni quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutadi:
– IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli,
– muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish,
– LinkedInda shaxsiy brendni rivojlantirish va frilans bo’yicha foydali maslahatlar,
shuningdek netvorking, sovrinli interaktiv o’yinlar va yana ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar.

Zarafshondan keladigan ishtirokchilarimizga Navoiydagi IT Community Roadshow-ga kelish uchun bepul avtobuslar tashkil etamiz. Avtobusdagi o‘rinlar cheklangan, shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang.

🔥 Roadshow-ga bizning bot orqali ro‘yxatdan o‘ting – https://t.me/itcomuzbot va yirik tadbirning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
❗️Ishtirok etish bepul.

💚 Homiylarimiz: Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM, shuningdek hamkorlarimiz: School 21, Women in Tech, OLX, Free.uz va Profi universitetiga minnatdorchilik bildiramiz.

🗓 2026-yil 20-sentyabr (yakshanba)
⏱️ 10:00–17:00 (tushlik va kofe-breyklar kiritilgan)
📍 Profi Universiteti (Navoiy, Navoiy ko'chasi, 81-uy)
🗣 Til: o'zbek tilida

💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
  • 👏 3
  • 🔥 1
Post #380 668
Xalqaro universitet uchun Moliya haqida fundamental leksiya o'tib beradigan odam kerak. Leksiyalar soni 2 ta bo'ladi. Dars tili: Ingliz/Rus

Dars Oktabr o'rtasida bo'ladi.

Oramizda moliya sohasida kam deganda 3 yil ishlaydigan, va 4-kurs talabalariga o'tib beradigan odam topiladimi?
  • 👀 3
Post #379 711
  • 🤝 1
Post #378 956
Warren Buffetning eng katta ustozlaridan biri Ben Graham yozgan kitobda (The Intelligent Investor) oddiy lekin ajoyib usul haqida yozilgan.

Bu kompaniyaning chin narxini o'lchab, agar u hozir bozorda sotilayotgan narxdan yuqori bo'lsa, aksiyasini sotib olish kerak ekanligini yozgan.

Bugun Linkedinga kirganimda aynan shu ishni texnologik kompaniyalar bilan qiladigan, lekin ularni butunlay sotib oladigan Bending Spoon haqida o'qib qoldim.

Ular sotib olgan kompaniyalar ro'yxatini ko'rib, juda hayron bo'ldim. Biz bilgan, biz ishlatgan, biz o'qigan brendlarning aksariyati o'sha yerda.

Splice (2018), Remini (2021), Evernote (2022), Meetup (2024), WeTransfer (2024), Issuu (2024), Brightcove (2025), Vimeo (2025)
AOL (2025), Eventbrite (2025).
Hozir ular Mironi sotib olish ustida ish olib boryapti. Va baho juda past. $1.3B, tushunishingiz uchun bir necha yil oldin 10X valuationda kompaniya $400M jalb qilgan.

Miro ARR $600M dollar, va shunchaki ~2.3x ARRda kompaniyani sotib yuboryapti. Aytishlaricha kompaniya yetarlicha o'smayotgan ekan, va konkurentlar ko'payibdi.
Juda qiziq argument, bu vaziyat deyarli hamma kompaniyada yuz beradi.

Manimcha asosiy sababi investorlar kompaniyani sotishga majbur qilyapti. Chunki ancha oldin pul tikkanlar va hozir tikkanlar liquidity uchun yechim qidiryapti. Mironing necha % ulushi kimda ekanligi ochiq yozilmagan. Lekin taxminlarga ko'ra founderlarda 15-20% qolgan bo'lishi mumkin.

Va board of directorsda ham investorlar bor, katta ehtimol bilan Miro imzo qo'ygan investitsion shartnomada "ulushni majburiy sottirish" haqida punkt bor.

Bu postdan har xil odamlar turli xil xulosalar qilishi mumkin. Va men o'zimning xulosamni o'zim bilan qoldiraman.
  • 🔥 11
  • ❤ 2
Post #377 1.02K
Toshkentda qayerda kostyum sotib olsa bo'ladi?
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #376 1.3K
Kim bilandir loyiha qilishdan oldin yoki birgalikda qaysidir taklif ustida ishlashdan oldin bir narsaga juda e'tiborli bo'ling.

Bu ulushlarni kelishib olish, ta'sischilar shartnomasi haqida emas.

Bugungi mavzu men yaxshi ko'radigan kommunikatsiya haqida.

Loyiha boshlash g'oyasi kelib, kim bilandir birgalikda boshlamoqchi bo'lsangiz, yoki hamkorlik qilmoqchi bo'lsangiz eng asosiy qilishingiz kerak bo'lgan ishlardan biri bu - gaplashish.

Agar nimadir boshlashdan oldin bir-biringiz bilan kommunikatsiya qilib, o'zingiz uchun yetarlicha ishonch hosil qilmasangiz, sizni kelajakda fundamental muammolar kutishi mumkin.

Quyidalarga e'tibor berish muhimligini o'zim anglaganman:

1. Bo'lajak biznes sherik bilan muloqot qilish sizga emotsional bosim, noqulaylik olib kelmasligi kerak.

2. Co-founder bilan muloqot qilish boshqalar bilan muloqot qilishdan qiyinroq bo'lmasligi kerak. Aksincha, siz bir to'lqinda bo'lishingiz va fikrlar almashinuvi juda tez bo'lishi kerak.

3. Loyiha boshlashdan oldin odam yo'qolib qolsa, bu eng katta Red Flag. Demak, katta ehtimol bilan loyiha boshlangandan keyin u yo'qolib qoladi.

4. Bo'lajak co-founderingiz oldingi co-founderlari, sheriklari, hamkorlari haqida yomon gaplar gapirsa, va bu uning odatiga kirgan bo'lsa, katta Red Flag.

5. Ushbu punktni siz uchun qoldirdim
  • 🔥 17
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @praktikazizbek without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Praktik Azizbek Kurbonov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Praktik Azizbek Kurbonov have?
Praktik Azizbek Kurbonov (@praktikazizbek) has 1.78K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Praktik Azizbek Kurbonov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →