TGViewer
UXER UXER @uxeruz · 102 subscribers
Post #395 196
"Shuncha vaqtdan beri dizayner bo'lib nimaga erishding?" deb so'rasa, birinchi bo'lib bitta narsa hayolimga keladi.

Eshitishni o'rgandim.

Dizayn chizishni, Figma ishlatishni emas.

Aynan eshitishni.

Dizayner bo'lsangiz, deyarli har kuni feedback olasiz. Ba'zida bitta ekranga 20–30 ta izoh tushadi. Ba'zida esa bir necha kun ishlagan dizayningiz uchun: "Boshidan qilamiz." degan gapni eshitasiz.

Avvallari bunday paytlarda har bir feedbackni o'zimga qaratilgandek qabul qilardim. Go'yo mening qobiliyatim tanqid qilinayotgandek tuyulardi.

Vaqt o'tib bitta narsani tushundim:

Feedback sizga emas, yechimga beriladi.

Bu fikrni bir kitobda o'qiganimdan keyin yanada chuqurroq anglagandim. Afsuski, hozir qaysi kitobligi esimda yo'q, lekin undagi bir jumla yodimda qolgan:

"Feedback is a gift."

Agar har bir izohni ego orqali qabul qilsangiz, o'sish qiyinlashadi. Agar uni foydalanuvchi va biznes nuqtai nazaridan tinglasangiz, har bir feedback sizni kuchliroq dizayner qiladi.

Bu, albatta, har bir fikrga ko'r-ko'rona rozi bo'lish degani emas. Ba'zan o'z qaroringizni himoya qilishingiz ham kerak. Lekin undan oldin qarshi tomonni oxirigacha eshita olishni o'rganish kerak.

Qizig'i shundaki, bu odat faqat ishimni emas, shaxsiy hayotimni ham o'zgartirdi.

Bugun kimdir mendagi kamchilikni aytsa va u haq bo'lsa, tortishishga urinmayman. Qabul qilaman.

Gapni kim aytayotgani ham muhim emas. Yoshi, jinsi, dini yoki lavozimi emas, aytilgan fikrning qanchalik o'rinli ekani muhim.

Men uchun dizaynerlikdagi eng katta yutuqlardan biri chiroyli UI chizishni o'rganish emas.

Eshitishni o'rganish bo'lgan.

Chunki aynan shu ko'nikma meni ham kasbiy, ham shaxsiy jihatdan o'stirdi, o'stiryabti.

@uxeruz
  • ❤ 7
  • 👏 1
More from @uxeruz
  1. Oct 8, 2026Startup’da ishlashni zerikarli bo‘lib ketishidan saqlaydigan eng katta omillardan biri tur…
  2. Oct 2, 2026Kichik Pivot Bu oydan boshlab Product Manager sifatida sinov muddatida ishlashni boshladim…
  3. Oct 1, 2026Numeo'ga kelishimdan avval bu kompaniya tugul, uning founder'lari haqida ham yetarlicha ma…
  4. Sep 29, 2026Hehe🥲 Credits @uxeruz
  5. Sep 28, 2026Recommendations: 1. INSPIRED — Marty Cagan It focuses on how product teams discover and bu…
  6. Sep 28, 2026Assalomu alaykum deb yozyapman deb o'ylab ekranga qarasangiz Фыыфдщьг фдфнлгь deb yozilgan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →