TGViewer
Channel Public Channel
Farkhod - AI PM

Farkhod - AI PM

@farkhod_com

Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Subscribers
2.79K
Photos
272
Videos
24
Links
190
Recent Posts 12 shown
Post #471 1.33K
Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi

– Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 darajasida ishlaydi

– Opus 5 dan ancha kuchli, ishlatish narxi esa 40% arzon
Javob berish tezligi 30% dan ko'proq oshdi

– API narxi: input $4, output $20 (1M token uchun). Opus 5 da $5 va $25 edi, ya'ni 20% arzonroq

– Kesh o'qish $0.20 (Opus 5 da $0.50), ya'ni 60% arzonroq. Kod yozish xarajatining asosiy qismi shu

– Kod yozish, kompyuterni boshqarish va ofis ishlarida yetakchi model

– Bir tester 680 ming qatorli kodni bir kunda ko'chirib o'tkazdi, jamoaga haftalar kerak bo'lardi

– Pro, Max va Team tariflarida 5 soatlik limitlar oshirildi, obunachilarga limitni qayta tiklash imkoni berildi

– Sonnet 5.5 va Haiku 5.5 yaqin haftalarda chiqadi

Claude limitlarni bepul "reset" qilish imkonini berdi hozir. Ishlatib qoling.

https://www.anthropic.com/claude-opus-5-5

------

@farkhod_com
  • 👍 19
  • ❤ 2
Post #469 1.59K
Qur’on dizayni

Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomosha qilib qolaman. 

Ozroq o‘rgansam, bu tazhib san’ati deyilar ekan. O‘zbek tilida esa naqqoshlik, inglizchada “art of illumination”.

Xattot (kalligraf) matn yozgan, naqqosh bezagan. 

Kitob bo'ladimi, jism bo'ladimi uni odamlarni ko'ziga yoqadigan qilish san'ati, biz o'ylagandan ancha oldin paydo bo'lgan.

Shunaqa gaplar do'stlarim.

———

@farkhod_com
  • ❤ 29
  • 👍 10
Post #468 4.23K
Akalar bilan uchrashuv 😎

O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif qildilar.

U yerda Murodjon Normatov, Sardor o‘ga, Akrom Obidov, Hurshid Usmon, Amirbek Shomurodov va Saidolim Djurayev bilan to‘rtta fikr almashdik.

Uchrashuvda – oila, farzand tarbiyasi, ish joyidagi muammolar, kimning ofisida kofe mashinasi borligi, qariganda soch to‘kilishi mavzularini umuman gaplashmadik. 80% vaqtimizni o‘sha hamma hozir gaplashadigan SUN’IY INTELLEKT mavzusiga sarfladik. Bahs bo‘ldi, hamma fikrini bildirdi, sun’iy intellektni ish jarayoniga integratsiya qilish haqida gaplashdik.

Qiziq joylari:

🔸 Kompaniya egalari SI’ni o‘rganib olib, SI hammaning ishini qila oladi degan fikrda. Bu o‘z navbatida, xodimning tez ishdan charchashiga olib kelyapti, xodimdan 2–3 kishining ishini bir kishi qilish talab qilinyapti.

🔸 Hamma ichki ma’lumotlarni SI uchun jamlash bilan band. Kimdir RAG, kimdir kompaniyaning Wiki’si bilan, kimdir shunchaki o‘z tizimini quryapti. Maqsad – SI’da barcha ma’lumot bo‘lsin, hech kimni bezovta qilmasdan, bitta so‘rov bilan kerakli ma’lumotni olish. Undan tashqari, bitta xodimga bog‘liq bo‘lmaslik, ya’ni core jamoadan xodim ketsa, uning barcha tajribasi, qilgan ishlari ma’lumotlar bazasida tursin.

🔸 Kimgadir grill-me yoqadi, kimgadir superpowers.

🔸 Kimningdir kompaniyasida mahsulot menejeri “bottleneck”, kimdadir dasturlash. Bunga sabab SI kompaniyada pastdanmi yoki yuqoridan integratsiya boshlanganiga bog‘liq. Moneff’da mahsulot menejeri bottleneck, deb o‘ylayman. Ko‘p vazifalar mening yechim berishimga qarab turibdi.

Shunaqa gaplar, ish haftangiz mahsuldor o‘tsin.

-------

@farkhod_com
  • 👍 20
  • ❤ 6
Post #467 3.65K
  • ❤ 1
Post #466 2.48K

Forwarded from Shakhbozbek Abdulamitov

Assalomu alaykum, Farkhod aka!

Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohida rahmat aytmoqchi edim. Oʻzim tibbiyot institutida oʻqiyman, IT sohasida mutlaqo nol darajada edim. Darslaringiz sabab 1 oy ichida oʻzim uchun juda katta natijaga erishdim.

Kunlik vazifalar va kunlik odatlarni nazorat qilib borish uchun, kechagi kunga nisbatan qay darajada o'sib borayotganini kuzatib borish uchun, bot yaratgan edim.

@vazifalar_checklist_bot

Boshida sodda qilib Google Sheets'ni ma'lumotlar bazasi qilib ishlatayotgan edim. Keyinroq arxitekturani rivojlantirib, Supabase'ga oʻtdim va backend qismini n8n orqali toʻliq avtomatlashtirdim. Eng quvonarlisi — hozirgi MVP holatigacha 0 soʻm harajat bilan chiqdim.

Hozirda bot foydalanuvchilarning kunlik, haftalik, oylik va yillik vazifalarini tahlil qilib, Progress Bar bilan avtomatik hisobot yuboradigan darajaga keldi. Endi buni real foydalanuvchilarga tarqatib,test bosqichini boshlayapman.

Hozirda o'zimni tanishlarimga bergandim , 40 ga yaqin user foydalanmoqda test rejimida.

Noldan shu darajaga yetishimda darslaringiz va toʻgʻri yoʻnalish berganingiz juda katta poydevor boʻldi. Mehnatlaringizga rozi boʻling!

Aka @vazifalar_checklist_bot foydalanib ko'rib feedback bersangiz xursand bo'lardim!

Yana bir bor raxmat aka!
  • 👍 29
  • ❤ 8
Post #465 1.9K

Forwarded from Elzodxon Sharofaddinov (Elzodxon Sharofaddinov)

Farhod aka bilan suhbatdan parcha:
- CEO'lar AI'ni o'rganishi va hamma ishni AI'ga qildira olishini aytishi va majburlashi, xodimlarni burn-out'ga tushurib qo'yyabdi. Hamma ishlarni ham AI qila olmaydi, AI qila oladigan ishlar texnik tomonlarni egallay olishi mumkin, lekin mijozlar bilan gaplashish, hujjatlar bilan ishlash, ular bilan negotiate qilish uchun baribir odam kerak.

AI ko'p ishlarni olib qo'yyabdi deb o'ylayabmiz, lekin ular aslida odam yechishi uchun yanada katta muammolarni keltiryabdi. Ya'ni, sizni mantiqiy fikrlashiz, foydalanuvchilarni his qilishiz va oldingidanda tezroq iterate qilishingizni talab qilyabdi.

Kompaniyalar end-to-end(boshidan oxirigacha) mas'uliyatli odamlarni olishga haraka qilyabdi. Bu competitive advantage hozircha.

Farhod aka bilan ertalabdan update'lar alishdik va nasib bo'lsa yangilikchalar qilamiz.

Stay tune.

AUT, 2026
Retake'dan oldin, ozgina fikrlarni eslab yozib qo'yyabman

@elzodxon
  • ❤ 6
  • 👍 3
Post #464 2.37K
Avgust oyida BRB banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bankning departament rahbarlariga, sun’iy intellektni ish jarayonida ishlatishni bo‘yicha shanba kunlari 4 soatlik seminar o‘tib beryapman.

Bu xabarimda nega meni tanlashgani, 4 soat auditoriyaning e’tiborini ushlab turish va so‘rovnoma kuchi haqida bo‘lishaman.

O‘zim ham o‘ylab qolaman, shuncha odam bor nega meni tanlashdi deb. G‘irt imposter sindrom.

Bilasizmi, nimani tushundim? Hozir ko‘pchilik sun’iy intellektni yoki umuman qaysidir mavzuda ekspert lekin hamma ham bilimini to‘g‘ri bo‘lisha oladimi? Qiyin mavzuni oddiy qilib tushuntira oladimi? Menimcha, menda shu ko‘nikma yaxshi ketyapti va uni davom ettirishim kerak. 

Nega meni tanlashganini boshqa sabablaridan biri bu Youtube’dagi darslarim. C-level'larning biri darslarim ko‘rishgan va shu yigit bilan ishlaymiz degan qarorga kelishgan. Youtube’ga chiqargan videolarim ish beryapti, ularni davom etish bo‘yicha o‘zim bilan savdolashyapman hozir.

Keyingi masala bu 4 soatlik seminar. 4 soat Karl! Ha mayli, 4 soat tinimsiz emas, 2 ta tanaffus bor. Baribir auditoriyani e’tiborini ushlab turish oson emas. Auditoriyani esnashi bu xuddi metrika va esnash qancha kam bo‘lsa shuncha dars yaxshi ketyapti degani.

Nimalar ish beryapti:

1. Har 15-20 daqiqada biron kichik amaliy mashg‘ulot. Shunchaki Claude yoki ChatGPT ro‘yxatdan o‘tish ham miyani eshitishdan harakat qilishga o‘tkazib ishlashga majburlaydi.

2. Ovoz monoton bo‘lmasligi. Qayerdadir sekin gapirib, qayerdadir baland ovozda. Bu masalada shu yigitni darslarini ko‘rib boraman https://www.youtube.com/@askvinh

3. Dars boshida eng “vau” narsalarni ko‘rsatib, auditoriyani 4 soat seminar qiziq bo‘lishiga ishontirish.  

4. “Story telling”. Hammamiz qiziqarli voqea eshitishni yoqtiramiz. Har xil voqealarni “story telling” qadog‘iga o‘rab aytib berish ish berayotganini ko‘ryapman. Do‘stlarim hayotidan, o‘zimni hayotimdan 1-2 daqiqali tajribani yoki qiziq voqeani aytib beraman. Jonsiz narsaga jon qo‘shaman. Youtube’da bu masalda ham juda ko‘p videolar bor.

Keyingi masala so‘rovnomalar.

Birinchi darsda so‘rovnoma yo‘q edi. Dars qanday o‘tdi, auditoriya bilimi qanaqa darajada, tushunarsiz. To‘xta mahsulot ishlab chiqqanda ham auditoriya bilan gaplashaman-ku dedim-da anonim so‘rovnoma tayyorladim.

Keyingi darslarda 2 ta so‘rovnoma qo‘shdim. Birinchisi – darsdan oldin sun’iy intellektni vositalarini ishlatishadimi, ha bo‘lsa qaysilarni va qay darajada. Bu menga auditoriya bilan qay darajada gaplashish kerak, qaysi vositalar ularga tanish ma’lumot beradi. 

Ikkinchi so‘rovnoma esa – darsga va menga baho. Unda ham 3 ta kichik savol – o‘qituvchiga baho bering, nima yoqdi va nima yoqmadi. Bu orqali dars qanday o‘tganini, o‘zim sezmagan kamchiliklarni bilib olish. Juda foyda bo‘lyapti.

Shunaqa gaplar do‘stlarim.

———-

@farkhod_com
  • 👍 35
  • ❤ 14
Post #457 1.66K
  • 👍 11
  • ❤ 3
Post #456 2.47K
scrn.gallery

O‘tgan oy Oleg bilan qo‘ng‘iroqlashdik. U ko‘pchilik ishlatadigan scrn.gallery loyiha asoschisi. 

Biz qilgan 4Rize.com loyihasini bilar ekan, o‘zi shu bahona gaplashib qoldik.

O'zim uchun eng qiziq bo'lgan joyi – Oleg ishdan ketib scrn.gallery ustida bir yil davomida tinimsiz ishlagan. Mana endi esa loyiha uni boqyapti.

Agar ishdan ketib, 4Rize ustidan to‘liq ishlaganimda qaysi darajaga chiqar edim deb o‘ylab qolaman...

Endi tushunyapman, nega investorlar asoschidan faqat bitta loyihaga to‘liq e’tibor qaratishini so‘rashadi. 2 ta ishni eplash mumkin, lekin aksariyat odamlar buni uzoq muddat qila olmaydi.

————

@farkhod_com
  • 👍 24
  • ❤ 7
Post #455 3.26K
MCP xaqida eshitgan bo‘lsangiz kerak

Turkiya havo yo‘llarini MCP’si bor ekan. MCP'ni Claude yoki o‘zingiz xar doim ishlatadigan SI’ga ulaysiz. Keyin – "manga Istanbul - Dalaman reysi uchun eng arzon chipta top" deysiz va sizga javob keladi. Yoki “Reys TK544 necha soatga kechikyapti” deb oddiy savol bilan murojaat qilasiz. 

Eslatib o‘taman MCP bu Model Context Protokol. MCP'ni yana ham tushunarli aytadigan bo‘lsam biron loyiha/servis/startap bilan sun’iy intellekt tushunarli gaplashishi uchun ishlab chiqilgan aloqa yo‘li. MCP haqida video darsim ham bor https://youtu.be/ancB7E5Kcvw?si=DBSjzZO7MyDmkZGb

Bu postim bilan aytmoqchimanki, kimda loyiha bo‘lsa, MCP qilish maqsadga muvofiq hozirgi kunda. API emas, aynan MCP. Sababi API ulash qiyinroq, MCP’ni esa ozroq kompyuterni tushungan kishi ulay oladi.

Qani edi har bir davlat tashkilotining MCP’si bo‘lsa, shunda sun’iy intellekt ulash juda oson bo‘lgan bo‘lar edi. 

P.s. Turkish Airlanes qanday qilib MCP ishlab chiqqani xaqida bu yerda o'qisangiz bo'ladi https://turkishtechnology.com/en/blog/revolutionizing-travel-ai-how-we-built-turkish-airlines

-------

@farkhod_com
YouTube MCP nima? Cursor’ga Github MCP ulaymiz. Bugun dasturchi bo‘lmagan lekin o‘zini startap loyihasi qilmoqchilar uchun MCP haqida ma’lumot beraman. Undan tashqari Cursor'ga Github MCP ulashni ham ko'rsataman. Bu video orqali siz "vibe coding" tushunchasini haqida bilib olasiz. 4 nafar soha mutaxassisdan…
  • 👍 24
  • ❤ 5
Post #453 3.51K
Online o‘qituvchi topish uchun platforma

O‘tgan oy o‘g‘limga onlayn o‘qituvchi qidirdim. Al-Xorazmiy maktabiga tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz.

Kanalimda xabar qoldirdim. Xabarni ish va vakansiya kanallariga chiqarib yuborishdi. Taxminan 80 kishi yozdi, 80 kishi!

Bilasizmi, nimani tushundim? Bu yerda bitta loyiha qilish kerak.Loyiha o‘qituvchi va o‘quvchini bog‘laydi.

Masalan, Toshkentda to‘lov qobiliyati yuqori aholi ko‘p. O‘quv markaziga borishga vaqt ketadi, qolaversa, u har doim ham uyingiz yonida bo‘lavermaydi. Viloyatlarda esa malakali o‘qituvchilar ko‘p va xizmat haqi ham kissaga to‘g‘ri keladi.

Platforma orqali ikki tomonni birlashtirib, to‘lov qilish va dars o‘tish uchun maydon yaratish kerakmi, deb o‘ylab qoldim.

Bu yerda eng muhimi – yaxshi UX qilish.

Mana sizga g‘oya.

Ha, aytgancha, chet elda shunga o‘xshash platformalar ko‘p.

Salomat bo‘ling.

-----

@farkhod_com
  • 👍 39
  • ❤ 5
Older posts →

About this channel

How can I read @farkhod_com without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Farkhod - AI PM: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Farkhod - AI PM have?
Farkhod - AI PM (@farkhod_com) has 2.79K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Farkhod - AI PM know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →