MCP xaqida eshitgan bo‘lsangiz kerak
Turkiya havo yo‘llarini MCP’si bor ekan. MCP'ni Claude yoki o‘zingiz xar doim ishlatadigan SI’ga ulaysiz. Keyin – "manga Istanbul - Dalaman reysi uchun eng arzon chipta top" deysiz va sizga javob keladi. Yoki “Reys TK544 necha soatga kechikyapti” deb oddiy savol bilan murojaat qilasiz.
Eslatib o‘taman MCP bu Model Context Protokol. MCP'ni yana ham tushunarli aytadigan bo‘lsam biron loyiha/servis/startap bilan sun’iy intellekt tushunarli gaplashishi uchun ishlab chiqilgan aloqa yo‘li. MCP haqida video darsim ham bor https://youtu.be/ancB7E5Kcvw?si=DBSjzZO7MyDmkZGb
Bu postim bilan aytmoqchimanki, kimda loyiha bo‘lsa, MCP qilish maqsadga muvofiq hozirgi kunda. API emas, aynan MCP. Sababi API ulash qiyinroq, MCP’ni esa ozroq kompyuterni tushungan kishi ulay oladi.
Qani edi har bir davlat tashkilotining MCP’si bo‘lsa, shunda sun’iy intellekt ulash juda oson bo‘lgan bo‘lar edi.
P.s. Turkish Airlanes qanday qilib MCP ishlab chiqqani xaqida bu yerda o'qisangiz bo'ladi https://turkishtechnology.com/en/blog/revolutionizing-travel-ai-how-we-built-turkish-airlines
-------
@farkhod_com
Post #455
3.26K