TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.8K subscribers
Post #468 4.26K
Akalar bilan uchrashuv 😎

O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif qildilar.

U yerda Murodjon Normatov, Sardor o‘ga, Akrom Obidov, Hurshid Usmon, Amirbek Shomurodov va Saidolim Djurayev bilan to‘rtta fikr almashdik.

Uchrashuvda – oila, farzand tarbiyasi, ish joyidagi muammolar, kimning ofisida kofe mashinasi borligi, qariganda soch to‘kilishi mavzularini umuman gaplashmadik. 80% vaqtimizni o‘sha hamma hozir gaplashadigan SUN’IY INTELLEKT mavzusiga sarfladik. Bahs bo‘ldi, hamma fikrini bildirdi, sun’iy intellektni ish jarayoniga integratsiya qilish haqida gaplashdik.

Qiziq joylari:

🔸 Kompaniya egalari SI’ni o‘rganib olib, SI hammaning ishini qila oladi degan fikrda. Bu o‘z navbatida, xodimning tez ishdan charchashiga olib kelyapti, xodimdan 2–3 kishining ishini bir kishi qilish talab qilinyapti.

🔸 Hamma ichki ma’lumotlarni SI uchun jamlash bilan band. Kimdir RAG, kimdir kompaniyaning Wiki’si bilan, kimdir shunchaki o‘z tizimini quryapti. Maqsad – SI’da barcha ma’lumot bo‘lsin, hech kimni bezovta qilmasdan, bitta so‘rov bilan kerakli ma’lumotni olish. Undan tashqari, bitta xodimga bog‘liq bo‘lmaslik, ya’ni core jamoadan xodim ketsa, uning barcha tajribasi, qilgan ishlari ma’lumotlar bazasida tursin.

🔸 Kimgadir grill-me yoqadi, kimgadir superpowers.

🔸 Kimningdir kompaniyasida mahsulot menejeri “bottleneck”, kimdadir dasturlash. Bunga sabab SI kompaniyada pastdanmi yoki yuqoridan integratsiya boshlanganiga bog‘liq. Moneff’da mahsulot menejeri bottleneck, deb o‘ylayman. Ko‘p vazifalar mening yechim berishimga qarab turibdi.

Shunaqa gaplar, ish haftangiz mahsuldor o‘tsin.

-------

@farkhod_com
  • 👍 20
  • ❤ 6
More from @farkhod_com
  1. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  2. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
  5. Sep 3, 2026Farhod aka bilan suhbatdan parcha: - CEO'lar AI'ni o'rganishi va hamma ishni AI'ga qildira…
  6. Aug 27, 2026Avgust oyida BRB banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bankning departament rahbarlariga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →