Avgust oyida BRB banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bankning departament rahbarlariga, sun’iy intellektni ish jarayonida ishlatishni bo‘yicha shanba kunlari 4 soatlik seminar o‘tib beryapman.
Bu xabarimda nega meni tanlashgani, 4 soat auditoriyaning e’tiborini ushlab turish va so‘rovnoma kuchi haqida bo‘lishaman.
O‘zim ham o‘ylab qolaman, shuncha odam bor nega meni tanlashdi deb. G‘irt imposter sindrom.
Bilasizmi, nimani tushundim? Hozir ko‘pchilik sun’iy intellektni yoki umuman qaysidir mavzuda ekspert lekin hamma ham bilimini to‘g‘ri bo‘lisha oladimi? Qiyin mavzuni oddiy qilib tushuntira oladimi? Menimcha, menda shu ko‘nikma yaxshi ketyapti va uni davom ettirishim kerak.
Nega meni tanlashganini boshqa sabablaridan biri bu Youtube’dagi darslarim. C-level'larning biri darslarim ko‘rishgan va shu yigit bilan ishlaymiz degan qarorga kelishgan. Youtube’ga chiqargan videolarim ish beryapti, ularni davom etish bo‘yicha o‘zim bilan savdolashyapman hozir.
Keyingi masala bu 4 soatlik seminar. 4 soat Karl! Ha mayli, 4 soat tinimsiz emas, 2 ta tanaffus bor. Baribir auditoriyani e’tiborini ushlab turish oson emas. Auditoriyani esnashi bu xuddi metrika va esnash qancha kam bo‘lsa shuncha dars yaxshi ketyapti degani.
Nimalar ish beryapti:
1. Har 15-20 daqiqada biron kichik amaliy mashg‘ulot. Shunchaki Claude yoki ChatGPT ro‘yxatdan o‘tish ham miyani eshitishdan harakat qilishga o‘tkazib ishlashga majburlaydi.
2. Ovoz monoton bo‘lmasligi. Qayerdadir sekin gapirib, qayerdadir baland ovozda. Bu masalada shu yigitni darslarini ko‘rib boraman https://www.youtube.com/@askvinh
3. Dars boshida eng “vau” narsalarni ko‘rsatib, auditoriyani 4 soat seminar qiziq bo‘lishiga ishontirish.
4. “Story telling”. Hammamiz qiziqarli voqea eshitishni yoqtiramiz. Har xil voqealarni “story telling” qadog‘iga o‘rab aytib berish ish berayotganini ko‘ryapman. Do‘stlarim hayotidan, o‘zimni hayotimdan 1-2 daqiqali tajribani yoki qiziq voqeani aytib beraman. Jonsiz narsaga jon qo‘shaman. Youtube’da bu masalda ham juda ko‘p videolar bor.
Keyingi masala so‘rovnomalar.
Birinchi darsda so‘rovnoma yo‘q edi. Dars qanday o‘tdi, auditoriya bilimi qanaqa darajada, tushunarsiz. To‘xta mahsulot ishlab chiqqanda ham auditoriya bilan gaplashaman-ku dedim-da anonim so‘rovnoma tayyorladim.
Keyingi darslarda 2 ta so‘rovnoma qo‘shdim. Birinchisi – darsdan oldin sun’iy intellektni vositalarini ishlatishadimi, ha bo‘lsa qaysilarni va qay darajada. Bu menga auditoriya bilan qay darajada gaplashish kerak, qaysi vositalar ularga tanish ma’lumot beradi.
Ikkinchi so‘rovnoma esa – darsga va menga baho. Unda ham 3 ta kichik savol – o‘qituvchiga baho bering, nima yoqdi va nima yoqmadi. Bu orqali dars qanday o‘tganini, o‘zim sezmagan kamchiliklarni bilib olish. Juda foyda bo‘lyapti.
Shunaqa gaplar do‘stlarim.
———-
@farkhod_com
Post #464
2.38K
- 👍 35
- ❤ 14