TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.8K subscribers
Post #453 3.51K
Online o‘qituvchi topish uchun platforma

O‘tgan oy o‘g‘limga onlayn o‘qituvchi qidirdim. Al-Xorazmiy maktabiga tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz.

Kanalimda xabar qoldirdim. Xabarni ish va vakansiya kanallariga chiqarib yuborishdi. Taxminan 80 kishi yozdi, 80 kishi!

Bilasizmi, nimani tushundim? Bu yerda bitta loyiha qilish kerak.Loyiha o‘qituvchi va o‘quvchini bog‘laydi.

Masalan, Toshkentda to‘lov qobiliyati yuqori aholi ko‘p. O‘quv markaziga borishga vaqt ketadi, qolaversa, u har doim ham uyingiz yonida bo‘lavermaydi. Viloyatlarda esa malakali o‘qituvchilar ko‘p va xizmat haqi ham kissaga to‘g‘ri keladi.

Platforma orqali ikki tomonni birlashtirib, to‘lov qilish va dars o‘tish uchun maydon yaratish kerakmi, deb o‘ylab qoldim.

Bu yerda eng muhimi – yaxshi UX qilish.

Mana sizga g‘oya.

Ha, aytgancha, chet elda shunga o‘xshash platformalar ko‘p.

Salomat bo‘ling.

-----

@farkhod_com
  • 👍 39
  • ❤ 5
More from @farkhod_com
  1. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  2. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
  6. Sep 3, 2026Farhod aka bilan suhbatdan parcha: - CEO'lar AI'ni o'rganishi va hamma ishni AI'ga qildira…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →