TGViewer
Channel Public Channel
Şokir Tursun qaraşlari

Şokir Tursun qaraşlari

@birgap

Şokir Tursunning şaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza oliş uçun bu guruhga qöşiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til öqitish metodikasi
Ona tili va öqiş savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Subscribers
5.42K
Photos
921
Videos
150
Links
1.1K

Showing posts older than #3841 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #3840 3.64K

Forwarded from Rasmiy axborot

⚡️ Ustoz qadri baland bo‘lsa, millat ravnaq topadi!

Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

✅ Ko‘pchilik turli taxminlar qildi, ammo rasmiy tekshiruv va adolatli tergov xulosasi vaziyatga butunlay oydinlik kiritdi: O‘qituvchi aybsiz deb topildi!

⚠️ Aniqlanishicha, muallim dars jarayonini va o‘z kasbiy sha’nini qonuniy doirada himoya qilgan. Intizomni buzgan, ustoziga bepisand munosabatda bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan esa qonuniy tartibda ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.

🔔 Bu voqea va uning huquqiy yechimi jamiyatimiz uchun juda muhim bir haqiqatni ko‘rsatib berdi: Davlatimizda adolat hamisha qaror topadi! O‘qituvchi shunchaki oddiy xodim emas, u — kelajak avlodni shakllantirayotgan davlat vakilidir. Bugun qonunlarimiz ham, davlatimiz ham pedagogning obro‘-e’tibori va qadr-qimmatini yuksak darajada himoya qilmoqda.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • 👍 47
  • 🔥 14
  • 💯 11
  • 👏 6
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 1
  • 👎 1
Post #3839 3.9K
Agar oʻquvchi dars oʻtishga xalaqit beraversa, ichki ishlar nozirini chaqirish sizga foyda beradimi?

Oʻzi bu vaziyatda nimalar qila olasiz, amaliy?

@birgap
  • 👍 11
  • ❤‍🔥 1
Post #3838 4.06K
Oʻquvchiga 2 qoʻysangiz yoki unga umuman baho qoʻyishdan bosh tortsangiz nimalar boʻladi?

@birgap
  • 👍 7
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
Post #3837 5.85K
Rosa mashhur boʻlgan voqeaning boshlanishi.

Oʻqituvchi bolani urgani uchun jazolanishi, oʻquvchi mana bu qilmishlari uchun jazolanishi shart. Faqatgina oʻqituvchi jazo olsa adolatimiz ishlamayotgan boʻladi.

P.s. videodagi yozuvlar meniki emas.

@birgap
  • 👍 47
  • ❤ 8
  • 👏 6
  • 💯 6
  • 👌 2
Post #3836 3.88K

Forwarded from Ulug‘bek Po‘latov

O‘qituvchilarga chegirma bermaslik to'g'risida qaror loyihasi e’lon qilinibdi

Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz — chegirma bermaslik to'g'risida qaror loyihasi! O‘qituvchilarga yiliga bir marta samolyot va poyezd chiptalari narxiga chegirma berish bo‘yicha e’lon qilingan hujjat loyihasini o‘qib, “undan ko‘ra, shu chegirmani umuman bermay qo‘ya qolishmabdi-da?”, degan xayol o‘tdi.

Chegirma ham juda katta — 15 foiz. Bu chegirmani olish uchun esa o‘qituvchi ishlayotgan maktab TOP-100 talikka kirgan bo‘lishi kerak. Qiziq tomoni, maktablar reytingi ham 2023-yildan buyon yuritilmaydi. Xullas, o‘qituvchi TOP-100 talikka kirgan maktabda ishlashini isbotlash uchun bir qancha xat-hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu chegirmalar tezyurar (qimmatroq) poyezd chiptalari uchun amal qilmas ekan. Ya’ni chegirma faqat ekonom klass hamda platskart yoki kupe vagonlari uchun amal qiladi.

P.S: Xalqtaliminfo.uz'da buni yangilik sifatida yozgani biroz uyaldim, ochig'i.

@u_pulatoff
  • 😭 36
  • 👍 22
  • 😁 19
  • ❤ 11
  • 😨 6
  • 🤬 4
  • 👏 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🤮 1
Post #3835 3.86K
Oʻquvchini sinfdan sinfga qoldirish tartibi qanday?

Nimalar qilish kerak? Batafsil ma’lumot bera oladiganlar bormi?

@birgap
  • 👍 5
  • ❤‍🔥 1
Post #3834 5.53K
Shu kunlarda yana bir juda gʻalati gap aylanib yuribdi. Nima emish, "Boychechak" qoʻshigʻi jadidlarga, xususan, Choʻlponga atab yozilgan emish.

Boychechakni tutdilar
Tut yogʻochga osdilar
Qilich bilan chopdilar
Baxmal bilan yopdilar


Ayni mana shu toʻrtlik va Choʻlponni otishga oʻq qolmasdan uni bolta bilan chopib oʻldirishgani haqidagi gap birlashib "Boychechak" qoʻshigʻi aslida Choʻlpon haqida degan gap urchidi.

Keling, miyani biroz sovitib, faktlarga tayanib oʻylab koʻramiz.

Choʻplon rostdan ham bolta bilan chopib tashlanganmi?

Jadidlarning otuv hukmi bajarilayotgan vaqtda NKVDchilarda oʻq tugab qoladi, Choʻlpon esa hali tirik. Uni bolta bilan chopib oʻldirishadi. Umuman olganda, bu gap qiziq, hissiyotlarimizni oʻynatadi. Ammo Choʻlponning boltalangani haqida biror aniq fakt yoʻq. Adabiyotshunos Naim Karimovning aytishicha, Choʻlpon otuvga olib ketilayotganda men ustozlarim otilishini koʻrishni istamayman, meni birinchi boʻlib oʻdiringlar deb "janjal" koʻtargan. Keyin uni askarlar ura boshlagan. Qoʻllarida teshami, boltami boʻlgan.

Eʼtibor bering, chopib tashlash haqida gap yoʻq. Choʻlponni oʻsha yerda urib oʻldirishgani ham fakt emas. Tasavvur qiling, oʻsha paytdagi eng yirik oʻlim mashinasida oʻq tugab qolishi aqlga sigʻadigan ishmi? Biror hujjat bormi Choʻlponning boltalangani haqida? Choʻlpon haqida eng koʻp maʼlumot biladigan Naim Karimov fakt yoʻq deb turibdi-ku. Boltalanganiga ishonmayman deb turibdi-ku.

"Boychechak" qoʻshigʻi Choʻlpon haqidami?

Kechirasizlar, shu maʼlumotni tarqatgan odam yo matematikani bilmaydi, yo Choʻlponni tanimaydi. Axir bu qoʻshiq Choʻlpondan kamida 300 yil katta (agar 1000 boʻlmasa) boʻlsa kerak. Dono xalqimiz 300 yildan keyin tugʻiladigan odam haqida qoʻshiq yozmagandir. Mana shu argumentning oʻziyoq bu gaplarning haqiqatga zid ekanini isbotlashga yetarli.

"Boychechak" qoʻshigʻi nima haqida?

Bu qoʻshiqning mazmuni haqida ikki xil qarash bor. Biri, qoʻshiqni bahor elchisiga bagʻishlab kuylangan mavsum qoʻshigʻi ekaniga ishora qiladi, ikkinchisi, boychechak oʻgʻil bola farzandning beshikka belanishi jarayoni haqidagi qoʻshiq ekanini taʼkidlaydi.

Shaxsan menga bu qoʻshiq avval oʻgʻil bolaning beshikka belanishi haqida boʻlgan, keyinchalik odamlar bu mazmunni unuta borgan va bahor elchisi haqidagi qoʻshiqqa aylanganday tuyuladi.

Qani, siz ikkinchi qarash boʻyicha qoʻshiqni tahlil qilib koʻring-chi?

Agar siz ham bu qoʻshiq Choʻlpon haqida deydiganlardan boʻlsangiz, oʻz fikringizni himoya qilishingiz mumkin. Maydon beraman.

@birgap
  • 👍 24
  • ❤ 20
  • 🔥 2
  • ❤‍🔥 1
Post #3833 3.9K
"Qargʻalar uchsa qaraylik" qoʻshigʻi mazmuni, tarixi haqidagi mana bu maʼruzada qoʻshiq matniga mos tushmaydigan oʻrinlar juda koʻp. Lekin bizni sogʻlom aqldan koʻra koʻproq hissiyotlar boshqaradi (bu yomon, notoʻgʻri demayapman). Shuning uchun notoʻgʻri boʻlsa ham shu versiyani yaxshi koʻraveramiz.

Qoʻshiq haqidagi qarashlar va qaysi biri haqiqatga yaqin ekani haqida avval ham yozgandim.

Birinchi qarash

Ikkinchi qarash

Aslida ikkinchi qarash haqiqatga juda yaqin (qoʻshiqning soʻzlari buni aytib turibdi). Birinchi qarashning tarixiy haqiqat ekanini tasdiqlovchi birorta ham manba koʻrmaganman.

P.S. mana shunaqa gaplarga aldanavermanglar, oʻquvchilarga ham haqiqatni yetkazish vazifamiz.

@birgap
  • 🔥 14
  • ❤ 4
  • 👍 4
  • ❤‍🔥 1
Post #3832 3.09K

Forwarded from Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

📣 ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

     Qabul muddati:
🗓15-maydan 4-iyungacha
💻 Hujjatlar ONLAYN tarzda quyidagi platformalar orqali topshiriladi:
🌐
my.gov.uz
🌐 ariza.piima.uz

❓Ijod maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?

      Ijod maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
🔹oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
🔹tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
🔹ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari,
🔹bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

❓Ijod maktabining nechanchi sinflariga qabul qilinadi?

🔶Ijod maktabiga 6-sinfni tugatgan o'quvchilar 7-sinfga (jami 40 ta o'rin);
🔶shuningdek, 7-sinfni tugatgan o'quvchilar 8-sinfga (2 ta bo'sh o‘rin) qabul qilinadi.

☎️ Maktab murojaatlar markazi: +99895-479-20-80
☎️Call-markaz: 1206

🔹Telegram |🔹 Facebook |
🔹Instagram |🕊Twitter |
📺YouTube    |🌍 Web  |
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 👎 1
  • 🔥 1
Post #3831 3.79K

Forwarded from Xalq ta’limi Info

“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi

Avvalroq pedagog xodimlarni o‘z mablag‘lari hisobidan Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan malaka oshirish kurslariga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani haqida xabar bergandik.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi xalqtaliminfo.uz'ga izoh berib, maqolada tilga olingan malaka oshirish kurslari faqatgina o‘z hisobidan xorijga borish istagini bildirgan pedagoglar uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida yo’lga qo’yilganini ma'lum qildi.

Markazning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda hech bir pedagogni o‘z hisobidan chet davlatda malaka oshirishga majburlash holatlari uchramagan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1599

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
  • 😁 12
  • ❤ 3
  • 👍 3
Post #3830 4.45K
PhD tadqiqotchiligi yoʻlida ilmiy rahbarim, ustoz Klaraxon Mavlonova bilan birgalikda tayyorlagan darsligimiz nashr etishga ruxsatnoma oldi🔥

Juda-juda xursandman🥳

Endi magistratura bosqichidagi "Lingvodidaktika asoslari" fanining oʻz darsligi bor.

Darslikda zamonaviy til oʻqitish yondashuvlarining barchasini qamrab olishga harakat qilganmiz.

Manfaatli boʻlsin!

@birgap
  • 👍 83
  • 🔥 32
  • ❤‍🔥 9
  • ⚡ 4
  • ❤ 3
  • 👏 1
Post #3829 4.6K

Forwarded from Xalq ta’limi Info

Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi

2025-yilning o‘zida har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan, jami 1000 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari xorijga malaka oshirishga yuborilishi lozim bo‘lsa-da, bu topshiriq ijrosi to‘liq bajarilmagandi.

Endilikda, prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o'ziga yuklab qo‘yilmoqda.

O‘ylaymizki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham prezidentning mazkur topshirig‘i ijrosini nazoratga oladi va holatga rasmiy izoh beradi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1592

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
  • 👍 8
  • 🤔 8
  • 😨 2
  • ❤ 1
Post #3828 4.09K

Forwarded from Jalilov. Qaydlar

"Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, olimlarimiz yozgan ilmiy ishlarga boq".

Yuqoriroqda Britaniyada faoliyat olib borayotgan vatandoshimiz Kobil Roʻziyev bilan Oʻzbekiston ilm-fani, ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi haqida intervyu haqidagi yozgan edim. Mavzuga oid yana bir qiziq maʼlumot.

Vengriyalik olim Benedik Peri yozmoqda: "Oʻzbek olimlari Vengriyalik tadqiqotchining Navoiy haqidagi ilmiy ishini oʻqib, undan iqtibos keltirishlarini koʻrish juda mamnun qiladi - ayniqsa bu ish hali yozilmagan va hattoki u haqida hali oʻylanmagan boʻlsa". Qisqasi, Vengriyalik olim uning mavjud boʻlmagan "ilmiy ishi"dan Oʻzbekiston olimlari iqtibos keltirishlaridan hayratini izhor qilyapti.
  • 😭 22
  • 😁 10
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
Post #3824 4.39K
9-may — dabdabali g‘alaba yoki harbiy qudrat ko‘z-ko‘z qilinadigan bayram emas. Bu — fojiali urushda halok bo‘lgan yuz minglab vatandoshlarimizning xotira kuni, tinchlikning qadriga yetish fursatidir. Urushni romantizatsiya qilish, “Yana qaytaramiz!” kabi agressiv shiorlar va begona harbiy ramzlar ortidan quvish — o‘tganlar xotirasiga hurmatsizlikdir.

Urush — bu parad emas, bu ochlik, vayronalik va bitmas jarohatdir.
Tashqi propaganda ta’sirida harbiy atributlarni ulug‘lashdan va soxta dushmanlar yasashdan tiyilishimiz shart. Bunday mafkuraviy bosimlar yoshlarimizni o‘zgalar urushiga yollanishiga va suverenlikka putur yetishiga zamin yaratadi. Bizning maqsadimiz — vatanparvarlikni birovning hududiga ko‘z tikishda emas, o‘z vatanini obod qilishda ko‘radigan erkin avlodni tarbiyalashdir.

Alohida eslatma: 9-maydan marketing quroli sifatida foydalanmang. Bog‘cha va maktablarda bolalarga harbiy forma kiydirib, qo‘liga qurol tutqazish — bolalikni harbiy mafkura bilan zaharlash demakdir. Keling, bu kunni shimollashgan agressiv an’analardan tozalab, milliy qadriyatlarimizga mos, vazmin va ehtirom bilan o‘tkazaylik. Bizning eng katta g‘alabamiz — bugungi tinchligimiz va suverenitetimizdir.

Manba

@birgap
  • 👍 42
  • ❤ 11
  • 🔥 6
  • 💯 3
  • 👏 2
Post #3823 3.48K
Şokir Tursun qaraşlari Attestatsiyada oʻqish savodxonligi yuzasidan tushgan yana bir savolga oʻz munosabatimni bildiqmochiman (oʻzimcha emas, testologiya standartlari va psixometrik tahlil nuqtayi nazaridan). Vaziyat quyidagicha: 4 qismdan iborat matn berilgan. Matnning 3-qismida…
Mana bu postdagi holat bu safargi testlarda aniq uchragan. Appelyatsiya yozganlarga rad javobi berilgan.

Mutaxassis sifatida bu xato ekanini aytmoqchiman. Agar savolni mana shunday qoʻydingizmi, unda 1-qism javobi ham 3-qism javobi ham toʻgʻri boʻlishi kerak. Yaʼni har ikkisidan birini tanlaganlarga 2 balli berilishi kerak.

Sudlashing derdim-u, oʻtgan yili sudlarga borgan odam sifatida natija berishiga ishonmayman-da.

@birgap
  • 👍 19
  • ❤ 4
  • 💯 4
Post #3822 2.68K

Forwarded from Sandiq

#attestatsiya

Sandiq: attestatsiya kursida darslar qanday oʻtiladi?

1. Grammatika
2. Pedagogik mahorat
3. Matn bilan ishlash

Adabiyot darslarida dastlab adabiy tushunchalar, atamalar tushuntirib beriladi (maʼruza koʻrinishida). Keyinchalik sinflar kesimida testlar ishlab boriladi. Testlarning natijalari tahlil qilinadi va maummolarga yechimlar taklif qilinadi. Undan tashqari mana bunday tarzda turli kerakli maʼlumotlar berib boriladi.

Kurs haqida batafsil maʼlumot: https://telegra.ph/Sandiq-attestatsiya-kursi-haqida-ma%CA%BClumot-04-28

Kurs boʻyicha murojaat: @shtmenejer

@sandiqchamiz
  • ❤ 5
  • 👍 4
Post #3821 3.04K
Avvalgi safar boshlagan kitobim yarim qolgandi, chunki kitoblar, uslub oʻzgarib ketdi. Endi hammasi boshidan, yangi kuch bilan boshlayapman.

@birgap
  • 👍 42
  • ❤‍🔥 4
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →