TGViewer
Channel Public Channel
Rasmiy axborot

Rasmiy axborot

@rasmiy_axborot_official

Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Subscribers
30.3K
Photos
13K
Videos
2.4K
Links
9.1K
Recent Posts 8 shown
Post #18556 104
🇺🇿🇺🇸 Saida Mirziyoyeva “BlackRock” korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda “BlackRock” prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan uchrashdi.

🏙 Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. “BlackRock” ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

✅ Saida Mirziyoyeva, shuningdek, AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida ham qatnashib, O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

“O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda”, — deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 3
Post #18555 358
❕ ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xalqaro miqyosdagi muhim natijani qayd etdi.

🔝 Akademiya UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida 110 ta davlatning 2 mingdan ortiq oliy ta’lim muassasasi orasida 901-o‘rinni egallab, TOP-1000 talikdan joy oldi.

🔼 Mazkur natija Akademiyaning barqaror rivojlanish, zamonaviy ta’lim muhiti va ekologik mas’uliyat yo‘nalishlaridagi faoliyati xalqaro reyting mezonlari asosida baholanganini ko‘rsatadi.

🫥 Eng muhimi, Akademiyaning ushbu nufuzli xalqaro reytingda qayd etilishi uning xalqaro ta’lim makonidagi o‘rni va tanilishi kengayib borayotganini ifodalovchi muhim natijalardan biridir.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • 🏆 2
Post #18554 479
#Yangi_loyiha

🟡 🟦🟦🟦

✅ Ular har kuni qaysidir bemorning hayotini saqlab qolish uchun shoshiladi.


🏃‍♂️ Ammo shunday holatlar bo‘ladiki, ularni bir umrga unutolmaysiz. Vaqt o‘tib, o‘sha voqealar yodga tushganda qalb eski og‘riqlarni his qiladi.

🎙 SSV Matbuot xizmati tomonidan yangi loyiha: "OCHIQ MIKROFON".

🚑 Uning qarshisida — "Tez yordam" xizmati xodimlari.

🚑  SSV Matbuot xizmati

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #18553 1.93K
✈️ “OAK. Onlayn maslahat” Telegram bot ishga tushirildi

Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiya jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, tadqiqotchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida “OAK. Onlayn maslahat” Telegram bot ishga tushirildi.

Endilikda tadqiqotchilar dissertatsiya himoyasini tashkil etish, dissertatsiya ishlarini ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy darajalar berish tartibi hamda attestatsiya sohasiga oid boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va fikr-mulohazalarini bot orqali yuborishlari mumkin.

Barcha murojaatlar Oliy attestatsiya komissiyasi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilib, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida aniq, xolis va asoslantirilgan javoblar taqdim etiladi.

Mazkur botning ishga tushirilishi tadqiqotchilarning attestatsiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha tezkor va ishonchli axborot olish imkoniyatlarini kengaytiradi, turli tushunmovchiliklarning oldini olishga, shuningdek, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • 👍 2
Post #18550 537
🔴 Kredit izlash emas — kreditni tanlash

Tadbirkorlarga moliyaviy imkoniyatlarni yanada yaqinlashtirish va kredit olish jarayonini soddalashtirish maqsadida TadbirCore – raqamli kredit marketplace tizimi joriy etilmoqda.


⛔Tizim orqali tadbirkor:
➡️bitta ariza topshiradi;
➡️turli banklarning kredit takliflarini bir vaqtning o‘zida ko‘radi;
➡️ foiz stavkalari va kredit shartlarini taqqoslaydi;
➡️ o‘zi uchun maqbul taklifni tanlaydi.

✔️Raqamlashtirilgan jarayon orqali dastlabki natija o‘rtacha 1,5 kunda shakllantiriladi.

✔️Shunday qilib, tadbirkorga kredit olish uchun bankma-bank murojaat qilish zarurati kamayadi — takliflar bir joyda, tanlov esa tadbirkorning o‘zida.

✔️Tizimning dastlabki taqdimoti Samarqandda o‘tkazilib, unda 16 nafar tadbirkor tomonidan 17 ta ariza yuborildi.

📍 TadbirCore endilikda hududlarda ham joriy etilmoqda.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Post #18549 551
📢 Hurmatli jurnalistlar va OAV vakillari!

25-sentabr kuni pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Tadbirda pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, taklif etilayotgan islohotlar hamda fuqarolar uchun kutilayotgan natijalar yuzasidan ma’lumot beriladi.

📅Sana: 25-sentabr
⏰ Vaqti: 15:00
📍Manzil: Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi matbuot-anjumanlari zali (A. Navoiy ko‘chasi, 30-uy)

✅ Shuningdek, jurnalistlar uchun mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etiladi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish 25-sentabr soat 11:00 da yakunlanadi.

➡️ Ishtirok etish uchun @EconomMoliyaPress yoki @A_Nozima orqali murojaat qilishingiz mumkin.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 2
Post #18548 485
❗️Soliq tizimida sun’iy intellektdan foydalanish kengaymoqda

ICT WEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tashkilot sifatida e’tirof etildi.

Bugungi kunda sun’iy intellekt Soliq qo‘mitasi faoliyatining turli yo‘nalishlarida, jumladan, elektron hisobvaraq-fakturalarni tahlil qilish, soliq xavflarini aniqlash va baholash, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash hamda soliq xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llanilmoqda.
Mazkur texnologiyalar jarayonlarni avtomatlashtirish, zarur ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish va qarorlar aniqligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Soliq qo‘mitasi zamonaviy texnologiyalar, katta ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt yechimlarini yanada keng joriy etishni davom ettiradi. Asosiy maqsad — soliq xizmatlarini yanada qulay, sifatli va soliq to‘lovchilar ehtiyojlariga moslashtirish.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Post #18545 511
💝 O‘zbekiston va Turkiya: turizm sohasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaaziz Aqqulov Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan:

🔷Turkiya investorlari ishtirokida hududlarda zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va xalqaro mehmonxona brendlarini jalb qilish;
🔷Turkish Airlines va boshqa turk aviakompaniyalari bilan aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish;
🔷ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, forum va B2B uchrashuvlar tashkil etish;
🔷TRT va Turkiya Turizmni targ‘ib qilish agentligi bilan press-turlar hamda ziyorat turizmi, Imom Buxoriy merosi va Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish;
🔷Turkiyada saqlanib qolgan “O‘zbek karvonsaroylari”ni O‘zbekistonning turizm va madaniyat markazlariga aylantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Kappadokiya universiteti bilan kadrlar tayyorlash va master-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik taklifi turk tomoni tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Tomonlar, shuningdek, 25–27 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan 31-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida O‘zbekiston–Turkiya Qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish hamda Turkiyaning “Invest Forum”da hamkor davlat sifatida ishtirok etishini muhokama qildi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @rasmiy_axborot_official without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Rasmiy axborot: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Rasmiy axborot have?
Rasmiy axborot (@rasmiy_axborot_official) has 30.3K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Rasmiy axborot know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →