TGViewer
Channel Public Channel
Şokir Tursun qaraşlari

Şokir Tursun qaraşlari

@birgap

Şokir Tursunning şaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza oliş uçun bu guruhga qöşiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til öqitish metodikasi
Ona tili va öqiş savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Subscribers
5.45K
Photos
925
Videos
151
Links
1.1K

Showing posts older than #3821 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #3820 3.42K
Şokir Tursun qaraşlari Attestatsiyada oʻqish savodxonligi yuzasidan tushgan yana bir savolga oʻz munosabatimni bildiqmochiman (oʻzimcha emas, testologiya standartlari va psixometrik tahlil nuqtayi nazaridan). Vaziyat quyidagicha: 4 qismdan iborat matn berilgan. Matnning 3-qismida…
Xoʻsh, savolni qanday tuzish kerak? (maqolaning boshi bu yerda)

Savolni sifatli testga aylantirish uchun uning oʻzagi aniqlashtirilishi kerak:

1-variant (eng toʻgʻrisi shu):
Matnning qaysi qismlarida ayni bir fikr takrorlangan?
A) 1 va 2
B) 1 va 3
C) 2 va 4
D) 3 va 4


2-variant (bitta qismni soʻrash shart boʻlsa):
Matnning qaysi qism(lar)ida 1-qismda ilgari surilgan gʻoya takror ifodalangan?
A) 2-qismda
B) 3-qismda
C) 4-qismda
D) 2 va 4-qismlarda


P.S. agar baholash markaziga oʻqish savodxonligi testlarini tuzish borasida qandaydir yordam kerak boʻlsa, tayyorman.

@birgap
  • 👍 55
  • ❤ 4
Post #3819 2.86K
Attestatsiyada oʻqish savodxonligi yuzasidan tushgan yana bir savolga oʻz munosabatimni bildiqmochiman (oʻzimcha emas, testologiya standartlari va psixometrik tahlil nuqtayi nazaridan).

Vaziyat quyidagicha:
4 qismdan iborat matn berilgan. Matnning 3-qismida 1-qismda aytilgan fikr sinonimlar yordamida takrorlangan. Shu matn asosida tuzilgan savollar biri:
Qaysi qismda takrorlangan fikr bor?
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4

(Taqdim etilgan toʻgʻri javob kaliti — C).

Avvalo, bunday savollar berilayotganini qoʻllab-quvvatlayman. Bu savol oʻqituvchidan shunchaki matnni vizual skaner qilishdan emas, balki matn qismlari oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlik va sinonimik parafrazani tushunishni talab qiladi.

Ammo
Testologiyaning oltin qoidasi bor: Testda faqat bitta shubhasiz toʻgʻri javob boʻlishi shart! Bu savolda esa noaniqlik yuzaga kelgan.

Test tuzuvchining mantigʻi: avval aytilgan fikr ikkinchi marta qayerda kelgan? 3-qismda. Demak javob C.

Test ishlovchining mantigʻi: fikr takrorlanibdimi, demak u ayni oʻsha fikr. U 1-qismda ham bor. Nega A varianti xato boʻlishi kerak?

Bunday savollar kuchli, tanqidiy fikrlaydigan oʻqituvchilarni chalgʻitib, vaqtini oladi. Test bilish darajasini emas, test tuzuvchining niyatini topish oʻyiniga aylanib qoladi va testning farqlash koʻrsatkichi tushib ketadi.

Davomi bor

@birgap
  • 👍 54
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 3
  • 👏 2
Post #3818 2.48K

Forwarded from Xalq ta’limi Info

Matematika fanidan qo'shimcha attestatsiya o'tkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-aprel kuni matematika fanidan oʻtkazilgan malaka toifa sinovlari vaqtida soat 13:30 dan boshlab texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli o'qituvchilar jarayonlarni belgilangan vaqtda yakunlay olmagandi. Natijada pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda 5 soatdan ortiqroq vaqt davomida qolib ketgandi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xabar berishicha, mazkur pedagoglar uchun matematika fanidan malaka (test) sinovlari joriy yilning 13-may kuni qo'shimcha o‘tkaziladi (27-aprel kuni soat 8:00 dan 13:30 gacha testni to‘liq yakunlagan pedagoglar bundan mustasno).

Vazirlikning ma'lum qilishicha, bu haqida pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga ham tegishli xabarnomalar yuboriladi.

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
Post #3817 2.78K

Forwarded from Davlat tili – o'zbek tili (Fazliddin Utaganov Rahmatullayevich)

#Ona_tili_adabiyot
#Davlat_tili


30-maydan
Attestatsiya va milliy sertifikatga "uchlik" "kuchlik" ONLAYN guruh ochadi:
1. Fazliddin O'taganov:
Til/Testlar
2. Shokir Tursun:
Pedagogik mahorat, KS
3. Surayyo Matyakubova
:
Esse
4. Hamidulla Boltaboyev:
G'azal

Jarayonda
1.Grammatika, mumtoz va badiiy adabiyot, matn bilan ishlash.
2. Pedagogik mahorat va kasbiy standart.
3. Sara testlar
4. Esse darslari va tekshirish

To'lov:
Har ikkisi uchun oylik narx:
300 000
(5 oy*300 000=1,5 mln)
Diqqat! 5 oylik to'lov oldindan va 50 foiz chegirma!
(5 oy*150 000=750 000)

Chegirma haqida qisqacha:
1. 10 kishi uchun amal qiladi.
2. 10-may
oxirgi kun

Murojaat uchun:
@FilologFU

@Davlat_tili_uzbek_tili
  • ❤ 9
  • 👍 4
  • ❤‍🔥 1
  • 🔥 1
Post #3816 3.64K

Forwarded from Bilimni baholash agentligi

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyining boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida fikrlar tarqalmoqda.

Unda test topshiriqlari va ularning javoblari Telegramdagi yopiq guruhda audiochat orqali o‘qib eshittirilgani va ularning aksariyati imtihonda tushgani aytilgan.

Ushbu audiofayllar Agentlikda mavjud bo‘lib, audiofayllar va internetda tarqatilayotgan ma’lumotlar Agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:

1. Agentlikda test topshiriqlari maxsus rejimdagi binoda shakllantiriladi va ularning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

2. Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 4-aprel (3 smena), 5-aprel (3 smena) va 7-aprel (2 smena) kunlari jami 8 ta smenada o‘tkazilgan. Bunda talabgorlarga har bir smenada 55 tadan test topshirig‘i berilgan. Ushbu imtihonda jami 400 tadan ortiq test topshirig‘idan foydalanilgan.

Audiochatda o‘qilgani aytilgan test topshiriqlari aprel oyida o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan 400 dan ortiq test topshiriqlari bilan solishtirilganda, ularning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlandi (so‘zma-so‘z bir xil emas). Ular turli smenalarga yoyilgan bo‘lib, bitta smenaga eng ko‘pi bilan 6 ta test topshirig‘i to‘g‘ri kelmoqda (1 ta smenada 55 ta test topshirig‘i ishlatiladi).

3. Hozirda ushbu imtihonning natijalarini xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblash hamda imtihon natijalarining klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha statistik tahlili amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon 6-may kuni yakunlanadi va test natijalari e’lon qilinadi. Shundan so‘ng imtihon natijalarining statistik tahlilidan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 6
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
Post #3815 2.9K

Forwarded from Orif Tolib

Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari diqqatiga!!

Sinflardagi oʻquvchilar soni ish yuklamangiz va taʼlim sifatiga qanday taʼsir qilyapti?

Maqsadimiz – bu muammoni oʻrganib, ustozlar mehnatini yengillashtirish va maktab boshqaruvini yaxshilash boʻyicha aniq ilmiy takliflar tayyorlash. Buning uchun sizning xolis fikringiz bizga juda muhim.


Buning uchun sizning xolis fikringiz suv va havodek zarur.

🔒 Xavotirga oʻrin yoʻq: Bu tekshiruv emas. Soʻrovnoma toʻliq anonim. Ismingiz yoki maktab raqami soʻralmaydi.

⏳ Bor-yoʻgʻi 2 daqiqa vaqtingiz ketadi:
👉 https://forms.gle/T3KjEhywgRMmwhB58

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
  • 👌 6
  • 🤝 5
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • ✍ 1
Post #3814 2.79K

Forwarded from Xalq ta’limi Info

Tarix fanidan milliy sertifikat uchun “X-variant” sotildimi?

Imtihondan oldin Telegram’da yopiq guruh tashkil etilgan. Unga kirish narxi – 1000 AQSH dollari. Mavjud audioyozuvlarga ko‘ra, tonggi soat 4:00 dan boshlab audiochatda test savollari va ularning javoblari o‘qib eshittirilgan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1582

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
  • 😱 11
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #3813 2.87K
Agar matndagi takror fikr haqidagi savolni ham toʻliqroq eslab bersangiz (variantlar juda zarur emas, savolning qoʻyilishi muhim, variantlar boʻlsa nur ustiga nur) uni ham tahlil qilib, munosabatimni bildiraman.

@birgap
  • ❤‍🔥 4
  • 👍 2
Post #3812 3.3K
"Qaysi fikrning darajasi yuqori?" degan savol subyektivlikka moyil. Agar savolning mezonlari aniq berilmasa, testning validliligi shubha ostida qoladi.

"Darajasi yuqori" jumlasi o‘quvchida turli chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

Fikrning umumiylik (abstraktlik) darajasimi?
Fikrning muhimlik (prioritet) darajasimi?
Fikrning isbotlanganlik (argumentlanganlik) darajasimi?
Yoki muallifning bu fikrga qanchalik ishonishi darajasimi?


Savolda aynan nimaga koʻra darajasi soʻralayotgani aniq aytilishi lozim. Agar oʻquvchi (test yechuvchi) savolni turlicha tushunsa, demak, test oʻzining asosiy funksiyasini – bilimni aniq oʻlchash vazifasini bajara olmaydi.

Xalqaro baholash tizimlarida "daraja" tushunchasi o‘rniga aniqroq terminlar qo‘llaniladi:

Qaysi fikr matndagi asosiy g‘oyani (main idea) ifodalaydi?
Qaysi fikr eng keng qamrovli (most comprehensive) hisoblanadi?
Muallifning pozitsiyasi qaysi javobda eng kuchli aks etgan?


@birgap
  • 👍 19
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 1
Post #3811 3.01K
Matnda ifodalangan ushbu fikrlardan qay birining darajasi yuqori?

Bu safargi attestatsiyada shu kabi savol tushgani haqida aytishdi. Oʻzim tayyorlayotgan guruhlarga bu mazmundagi testni qanday yechish haqida tushuncha bergan boʻlsam-da, bunday savol mantiqsiz ekanini aytmoqchiman.

Men matnni oʻqib tushunish va oʻqib tushunishni baholash sohasida salkam 7 yildan beri ishlayman, tadqiqot qilaman. Bakalavr ishi, magistrlik dissertatsiyasi yozganman. Oʻqib tushunish testlarini tuzish boʻyicha darslar oʻtganman(BMBA uchun).

Bu ma’lumotlarni boshqalarning gapini olmasangiz ham mening gapimni olishingiz kerak degan ma’noda aytyapman.

Fikrning darajasi degan savolingizda aslida qaysi qatordagi javob matnni toʻliqroq qamrab olgan demoqchi boʻlgansiz. Ammo negadir uni shunday oddiy usulda emas, qaysi fikrning darajasi yuqori deb savol qoʻygansiz. Bu juda ogʻir xato boʻlgan. Shunday savol qanday qilib aprobatsiyadan oʻtib ketgani qiziq. Oʻtganmi oʻzi degan savol ham bor. Toʻgʻri tashkillangan aprobatsiyada bunday savollarning muammosi yaqqol koʻrinishi kerak (oʻzi test tuzuvchi va ekspert koʻzidan oʻtib ketmasligi kerak bunday ochiq-oydin xatolar).

Davomi keyingi postda

@birgap
  • 👍 13
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
Post #3810 3.04K
Sizningcha, ona tili va adabiyot hamda oʻzbek tili ustozlari eng koʻp yigʻilgan kanal yoki guruh qaysi?

@birgap
  • 👍 15
  • ❤‍🔥 1
Post #3809 3.12K

Forwarded from Sandiq

Sandiq: attestatsiya eʼlonidan keyin kurs haqida ayrim savollarga javob berishimiz kerakligini angladik. Quyidagi havola orqali kursimiz haqida batafsilroq bilib olishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Sandiq-attestatsiya-kursi-haqida-ma%CA%BClumot-04-28

ESLATMA! Dastlabki (500.000 soʻmlik) chegirmali 35 ta joy qisqa muddatda toʻlib, ikkinchi (1.000.000 soʻmlik) 150 ta joyga qabul boshlangan. Qabul mavjud joylar toʻlgunicha yoki 25-mayga qadar davom etadi.

Joy band qilish va birinchi toʻlov muddati haqida havoladan bilib olasiz.

@sandiqchamiz
Telegraph Sandiq: attestatsiya kursi haqida maʼlumot Ushbu sahifada "Sandiq: attestatsiya" kursi haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin. Maʼlumotlar maʼqul kelsa, kursda joy band qilish uchun @shtmenejer akkauntiga yozing. Kurs kimlar uchun? Kursimiz ona tili va adabiyot hamda oʻzbek tili fanlaridan dars…
  • ❤ 8
  • 👍 4
  • 😢 3
  • ❤‍🔥 1
Post #3807 3.22K
Chilla suvi – tilla suvi

Bu maqolda yoz chillasida ekinlarni qondirib sugʻorish, qish chillasida esa yerga yaxob berish tavsiya etilgan. Dehqonlarning koʻp yillik tajribasiga koʻra, har ikkala tadbir moʻl hosil yetishtirishda muhim boʻlgan.

Xullas, oʻz vaqtida, toʻgʻri amalga oshirilgan harakat samarani taʼminlaydi.

@birgap
  • ❤ 12
  • ❤‍🔥 4
  • 👍 4
Post #3806 4.65K
Kitob - bilim bulog'i.pdf3.5 MB
O’qituvchi uchun metodik yordam

5-sinf ona tili fanidan “Kitob – bilim bulog’i” bobi uchun mo’ljallangan.

Muallif: Diyora Parxiddinova

@birgap
  • 👍 13
  • ❤‍🔥 5
  • ❤ 4
Post #3805 4.53K
https://www.gazeta.uz/oz/2026/04/26/muhammad-yusuf/
Men 10 ta savoldan 10 tasiga to‘g‘ri javobni topdim.

“Hayrat”! Sodda Muhammadning “Tavallud”iga “Bagʻishlov” bo'lgan testni “Juda sinchkov”lik bilan topishda “Qiyosi yoʻq”siz. “Olamda nima gap” boʻlmasin, “Dunyo”sida “Sheʼriyat” barhayot siz kabi “Yaxshi”lar “Bor boʻl”sin🤩

Siz ham "Test: Muhammad Yusufning she’rlarini bilasizmi?" testini yechib ko‘ring — ko‘ramiz, nechta savolga to‘g‘ri javob topa olarkinsiz?
Газета.uz “Mehr qolur, muhabbat qolur”. Muhammad Yusufning she’rlaridan test “Vatanim”, “Lolaqizg‘aldoq”, “Ona tilim” va “Yur, muhabbat” singari o‘zbek xalqining qalbidan joy olgan she’rlar muallifi Muhammad Yusuf tavalludiga 26-aprelda 72 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq shoirining she’rlari asosida test…
  • 👍 9
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 4
Post #3803 4.63K
Davlat imtihonida mana shunaqa savollar berilarkan. Nima beradi bu?

Undan koʻra, asar nomini yozib qoʻyib, shu asar haqida savol berilgani yaxshiroq-ku. Oʻquvchilar asarni soʻzma-soʻz yodlab yurishi kerakmi endi.

@birgap
  • 💯 29
  • 👎 16
  • 👍 4
  • ❤ 2
Post #3802 4.26K

Forwarded from Sandiq

🔥 Kuzgi attestatsiyadan eng yuqori natijani kutyapsizmi? Unda bu xabar aynan siz uchun!

Tasavvur qiling: sizni attestatsiyaga oddiy repetitor emas, bevosita DARSLIK MUALLIFLARI tayyorlasa... Qiyin mavzularni kitobiy emas, hammaga tushunarli jaydari usulda o'rgansangiz! Qiziq-a? 😉

Ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili fanlari ustozlari uchun ajoyib yangilik! Ona tili darsliklari mualliflari – Mansur Siddiq va Shokir Tursun birgalikda kuzgi attestatsiyaga tayyorlov kursiga qabulni ochiq deb e'lon qiladi! 🚀

🎯 Kursimiz o'z ichiga nimalarni oladi?

Mukammal grammatika: qoidalarni yodlamaymiz, mag'zini chaqamiz.

O‘qib tushunish sirlari: matnli testlarda umuman xato qilmaslik usullari.

Adabiyotdan maxsus tahlillar: asarlarni yodda qoladigan usulda o'rganamiz.

Pedagogika va kasb standarti: yangi tizim bo'yicha to'liq va aniq tayyorgarlik.

Eksklyuziv testlar: test tuzuvchilarni tayyorlaydigan mentorlar tomonidan tuzilgan mavzulashtirilgan testlar bilan bilimni mustahkamlaymiz! 📝

🗓 Asosiy ma'lumotlar:

Boshlanish sanasi: 1-iyun

Dars formati: haftada 3 kun, o'zaro muloqotli jonli efir tarzida.

💰 "Ishonch" aksiyasi — 50% CHEGIRMA!

Kursning to‘liq narxi 1 000 000 (oʻzbek so‘mida)

Lekin... agar siz joyingizni 5-maygacha band qilsangiz, kursga naq 50% chegirma bilan, ya'ni atigi 500 000 so‘m to'lov qilib qo'shilishingiz mumkin! 😍

⚠️ Shoshiling! Aksiya doirasidagi chegirmali joylar soni cheklangan – bor-yo'g'i 35 ta! O'z ustingizda ishlash va yuqori toifani qo'lga kiritish imkoniyatini boy bermang!

👉 Ro'yxatdan o'tish va murojaat uchun: @shtmenejer

Kurs mualliflari haqida maʼlumot: https://sites.google.com/view/sandiqloyihasi/home

@sandiqchamiz
  • 👍 17
  • ❤ 14
  • 🔥 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →