TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3812 3.3K
"Qaysi fikrning darajasi yuqori?" degan savol subyektivlikka moyil. Agar savolning mezonlari aniq berilmasa, testning validliligi shubha ostida qoladi.

"Darajasi yuqori" jumlasi o‘quvchida turli chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

Fikrning umumiylik (abstraktlik) darajasimi?
Fikrning muhimlik (prioritet) darajasimi?
Fikrning isbotlanganlik (argumentlanganlik) darajasimi?
Yoki muallifning bu fikrga qanchalik ishonishi darajasimi?


Savolda aynan nimaga koʻra darajasi soʻralayotgani aniq aytilishi lozim. Agar oʻquvchi (test yechuvchi) savolni turlicha tushunsa, demak, test oʻzining asosiy funksiyasini – bilimni aniq oʻlchash vazifasini bajara olmaydi.

Xalqaro baholash tizimlarida "daraja" tushunchasi o‘rniga aniqroq terminlar qo‘llaniladi:

Qaysi fikr matndagi asosiy g‘oyani (main idea) ifodalaydi?
Qaysi fikr eng keng qamrovli (most comprehensive) hisoblanadi?
Muallifning pozitsiyasi qaysi javobda eng kuchli aks etgan?


@birgap
  • 👍 19
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 1
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →