TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3819 2.86K
Attestatsiyada oʻqish savodxonligi yuzasidan tushgan yana bir savolga oʻz munosabatimni bildiqmochiman (oʻzimcha emas, testologiya standartlari va psixometrik tahlil nuqtayi nazaridan).

Vaziyat quyidagicha:
4 qismdan iborat matn berilgan. Matnning 3-qismida 1-qismda aytilgan fikr sinonimlar yordamida takrorlangan. Shu matn asosida tuzilgan savollar biri:
Qaysi qismda takrorlangan fikr bor?
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4

(Taqdim etilgan toʻgʻri javob kaliti — C).

Avvalo, bunday savollar berilayotganini qoʻllab-quvvatlayman. Bu savol oʻqituvchidan shunchaki matnni vizual skaner qilishdan emas, balki matn qismlari oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlik va sinonimik parafrazani tushunishni talab qiladi.

Ammo
Testologiyaning oltin qoidasi bor: Testda faqat bitta shubhasiz toʻgʻri javob boʻlishi shart! Bu savolda esa noaniqlik yuzaga kelgan.

Test tuzuvchining mantigʻi: avval aytilgan fikr ikkinchi marta qayerda kelgan? 3-qismda. Demak javob C.

Test ishlovchining mantigʻi: fikr takrorlanibdimi, demak u ayni oʻsha fikr. U 1-qismda ham bor. Nega A varianti xato boʻlishi kerak?

Bunday savollar kuchli, tanqidiy fikrlaydigan oʻqituvchilarni chalgʻitib, vaqtini oladi. Test bilish darajasini emas, test tuzuvchining niyatini topish oʻyiniga aylanib qoladi va testning farqlash koʻrsatkichi tushib ketadi.

Davomi bor

@birgap
  • 👍 54
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 3
  • 👏 2
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →