TGViewer
Sandiq Sandiq @sandiqchamiz · 3.09K subscribers
Post #128 5.87K
Qaysi fikrning darajasi yuqori?

Eshitishimcha, attestatsiyaning oʻqib tushunish qismida shu mazmundagi savol ham bor ekan. Shu savolga qanday javob topishni oʻrganamiz.

Boshidan aytib qoʻyay, bunday savol tuzish xato, oʻqib tushunish sohasida fikrning darajasi degan tushuncha yoʻq (har holda shu sohada 6 yildan beri borman, uchratmadim). Ammo testda kelyapti. Testlar tuzib boʻlingan, muammoni kuzda yechish mumkin xolos.

Test tuzuvchilar nimani oʻylaganini tushundim, shuni sizlarga ham aytaman.

Savol taxminan shunday:

Matnda ifodalangan ushbu fikrlardan qay birining darajasi yuqori?

Koʻpchilik bunda matndagi qiziqarli yoki esda qolarli faktlarga chalgʻib, xatoga yoʻl qoʻyadi. Xoʻsh, toʻgʻri javobni qanday aniqlaymiz?

1. Umumiylik va qamrovga e'tibor bering.

Yuqori darajali fikr deganda baholash markazi asosiy gʻoya (tayanch fikr)ni nazarda tutmoqda. U butun matnning mohiyatini oʻzida qamrab oladi. Variantlarni oʻqiyotganda oʻzingizga savol bering:

Bu fikr matnning faqat bitta kichik joyida aytilganmi yoki butun bir matnning umumiy mavzusimi?

Qamrovi eng keng fikr doimo yuqori darajali hisoblanadi.


2. Mayda detallar va isbot-dalillarni chiqarib tashlang.

Matndagi raqamlar, yillar, joy nomlari, oʻziga xos misollar va faktlar (masalan, namuna testidagi matnda suvning tarkibida fosfor borligi yoki baliqlarning 17 yil yashashi haqidagi maʼlumot). Bular quyi darajali (yordamchi) fikrlar hisoblanadi. Ularning vazifasi asosiy gʻoyani isbotlab, toʻldirib berish. Shuning uchun aniq raqam va dalillar keltirilgan variantlar odatda chalgʻituvchi boʻladi.

Demak, fikrning darajasi soʻralganda matndagi hamma narsani qamrab olayotgan variantni (yoki variantlar ichidan qamrovi eng kengini) tanlang.

Quyida baholash markazi taqdim etgan namunaning mavzuga aloqador testlarini yuboraman, ostida izoh ham bor.

@sandiqchamiz
  • 👍 15
  • ❤ 13
  • 🔥 1
  • 😁 1
More from @sandiqchamiz
  1. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  2. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  3. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  4. Aug 28, 2026Post #308
  5. Aug 27, 2026To'g'ri javob: A) 9 tasi Izoh: 1) -iy (hiss/iy); 2) -lar (metal/lar); 3) -gan (chiq/qan);…
  6. Aug 27, 2026Post #306
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →