Xabaringiz bor, joriy yilning 27-aprel kuni matematika fanidan oʻtkazilgan malaka toifa sinovlari vaqtida soat 13:30 dan boshlab texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli o'qituvchilar jarayonlarni belgilangan vaqtda yakunlay olmagandi. Natijada pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda 5 soatdan ortiqroq vaqt davomida qolib ketgandi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xabar berishicha, mazkur pedagoglar uchun matematika fanidan malaka (test) sinovlari joriy yilning 13-may kuni qo'shimcha o‘tkaziladi (27-aprel kuni soat 8:00 dan 13:30 gacha testni to‘liq yakunlagan pedagoglar bundan mustasno).
Vazirlikning ma'lum qilishicha, bu haqida pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga ham tegishli xabarnomalar yuboriladi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube