TGViewer
Channel Public Channel
Xalq ta’limi Info

Xalq ta’limi Info

@xalqtaliminfo

Ambassador of @profiuniversity

O‘zbekiston va jahon ta’limidagi dolzarb mavzularni muhokama qilamiz.

Savol yo'llash: @pedekspert_bot

Biz haqimizda: https://xalqtaliminfo.uz/about-us

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004

689853
Subscribers
79.8K
Photos
2.6K
Videos
803
Links
6.2K
Recent Posts 20 shown
Post #7941 6.79K
Ustozlarning bu yilgi tilagi nima?

Xalq ta’limi tizimida xizmat qilib kelayotgan barcha xodimlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz.

Xo'sh, siz qanday marralarni ko'zlayapsiz?

Keling, yaxshisi yuqoridagi videoni aylantiring va skrinshot qiling! Izohlarda esa sizga qanday tilak tushganini albatta yozib qoldiring!

Biz uchun har bir obunachimizning yozib qoldirgan izohlari juda ham qiziq. Balki bu izohlarni kelasi yil, 2027-yil 1-oktyabrda sarhisob qilarmiz.

Ushbu tilaklarni boshqa hamkasblaringizga ham ulashishni unutmang!

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7940 20.4K
Bir oylik malaka oshirish tizimidan voz kechilmoqda, yangi tartib qanday ishlaydi?

Endilikda pedagoglarning poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy tartibda o‘qishi talabi bekor qilinadi. Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi.

Xo'sh, endilikda poytaxt va viloyat markazlaridagi malaka oshirish markazlari taqdiri nima bo‘ladi?

Malaka oshirish markazlari faoliyati tugatiladimi? Yangi tizim qanday ishlaydi? Shu davrgacha pedagoglar qanday shaklda malaka oshirgandi?

Ushbu mavzu bo‘yicha barcha muhim tafsilot va tushuntirishlarni saytimizda e’lon qilingan maqolada o‘qishingiz mumkin.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1766

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7939 15.6K
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi

2027-2028-o‘quv yilidan boshlab tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1765

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7938 21.3K
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “sifat indeksi” tizimi joriy qilinadi. Bunda Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.

Yo'lga qo'yiladigan yangi tizim asosida pedagoglarga 30 hamda 100 foizlik ustamalar belgilanishi mumkin bo'ladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1764

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7937 26.6K
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi

Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1763

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7936 21.8K
Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi chog‘ida pedagoglar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilishini ma’lum qildi.

Endilikda har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchilarga 30 million so‘mdan mukofot beriladi. Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga beriladigan ustama miqdori 50 foizga oshiriladi.

Shuningdek, prezident tomonidan yana bir qancha qo‘shimcha imtiyozlar berilishini ma’lum qilindi. To'liq imtiyozlar paketi bilan saytimizda tanishing.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1762

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7935 12.5K
Xususiy maktablar ochish uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinadi

Endilikda, o‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan quyidagi 52 ta tumanda xususiy sektor ulushini oshirish uchun yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etiladi.

Shuningdek, barcha tumanlardagi bo‘sh turgan davlat binolari xususiy maktab uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi. Farzandi xususiy maktabda o‘qiyotgan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mga oshiriladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1761

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7934 15.5K
Pedagoglarni qo'shimcha rag‘batlantirish maqsadida alohida davlat mukofoti taʼsis etiladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

“Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak”, — dedi prezident.


Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7933 14.7K
“Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda oʻzbek shaxmatchilarining kechagi gʻalabalarida o'qituvchilarning ham katta hissasi borligini taʼkidladi.

“Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta — muallimlarning qilgan mehnati kechagi gʻalabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan boʻladi.

Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar Oʻzbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qoʻyyapsizlar desam, bu ham adolatdan boʻladi. Oʻn marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident.

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7932 12.9K
B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari hozircha maktabda ishlab turishi mumkin, biroq...

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori bilan xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 daraja talabi belgilanganligi ancha vaqtdan buyon muhokama qilib kelinmoqda.

Mazkur qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ham ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 29-sentyabrdagi 07-28-1983-sonli ko‘rsatma xatida qayd etilishicha, ayni vaqtda talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib turishlari mumkin.

Biroq, ishlab chiqilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlansa, sertifikatsiz xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish uchun huquqiy asos paydo bo‘ladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1760

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7931 13.2K
Bugun Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib, ta’lim tizimidagi yutuqlar ko‘rgazmasi bilan tanishadi hamda o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7930 20.7K
O‘qituvchilar mukofot pulidan soliq ushlab qolinishi kerakmi?

So‘nggi vaqtlarda pedagog xodimlar uchun “1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati beriladigan mukofot puli mablag‘laridan 12% miqdorda soliq ushlab qolinganligi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Mukofot pulidan soliq ushlanishi yoki ushlanmasligi uning shunchaki “mukofot” deb nomlanishiga emas, balki ushbu to‘lovning huquqiy asosi va Soliq kodeksida belgilangan imtiyozga kirish-kirmasligiga bog‘liq.

Xo'sh, o'qituvchilar bayrami munosabati bilan berilgan mukofot pulidan soliq ushlab qolinishi qanchalik to'g'ri? Batafsil sharhni saytimizda o'qing.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1759

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7929 16.9K
1-oktaybrdan xususiy oliygohlarga qabul yopiladi

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta — iyun–sentyabr oylari oralig‘ida amalga oshiriladi.

Shu sababli, nodavlat oliygohlarda 30-sentyabr 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulning so‘nggi kuni hisoblanadi. 1-oktyabrdan boshlab yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni talabalikka qabul qilish to‘xtatiladi.

Oliy ta’lim olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun muqobil imkoniyatlar ham mavjud. Biroq, muddat tugamoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1758

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7928 16.2K
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, bolalarning xavfsizligi uchun ota-ona va ta’lim muassasalari xodimlarining mas’uliyati ham alohida belgilanmoqda.

Bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik, shahvoniy shilqimlik qilish va nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish kabi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralarini kuchaytirish, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tomonidan bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda esa mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun huquqiy asos yaratish taklif etilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1757

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7927 14.7K
#Sõragan_edingiz

Rus tilini bilmaydigan pedagogga rus sinfini berish mumkinmi?

Savol

Men rus sinflarga jismoniy tarbiya fanidan dars beraman. Universitetning jismoniy tarbiya fakultetini tamomlaganman, yevro guruhini. Maktabda 2021-yil fevralda buyrug‘im chiqqan.

Hozirgi vaqtda men rus sinflarga sinf rahbarlik qilishim uchun sinf so‘rasam bermayapti. Lekin rus sinflarni umuman ruschani bilmaydigan o‘qituvchilarga bergan. Ushbu holat bo‘yicha maslahat bering. 

Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1754

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7926 24.9K
Hisobingiz to'ldirildi...

616 mln so‘m, ya'ni 52 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti "Yil o'qituvchisi" tanlovi g'olibi bo'lgan 208 nafar pedagoglarning bank kartasiga o'tkazib berildi.

Xabaringiz bor, yaqinda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari e'lon qilingandi. Tanlovda 46 ming nafardan ortiq o‘qituvchilar qatnashib, yakunda 208 nafar o‘qituvchi g‘olib deb topildi. 

Eslatib o'tamiz, tanlov g‘olibi bo'lgan pedagoglarning 616 million so‘mlik mukofot pulidan 12 foiz daromad solig‘i olinmaydi. Shu sababli, 616 mln so‘mlik pul mukofoti ularga to‘liq o'tkazib berildi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1742

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7925 17.7K
Bog‘cha tarbiyalanuvchisi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi

Ohangaron shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi hasharotlarga qarshi dorini ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yilda tug‘ilgan bola hodisa vaqtida bog‘cha oshxonasida bo‘lgan va hasharotlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan BSM vositasini ichib qo‘ygan.

Bola zudlik bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan bo‘lsa-da, shifokorlarning ko‘rsatgan yordamiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1755

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7924 16.5K
2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

2026-yil 23-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 359-sonli buyrug‘i bilan yangi baholash tizimiga o'tgan 601 ta maktabning rahbar va pedagog kadrlariga 40 foizgacha ustamalar belgilandi.

Endilikda, ushbu ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlariga 2026-2027-o‘quv yili (1-sentabr)dan boshlab bir kalendar yil davomida 40 foizdan 10 foizgacha ustama to'lanadi.

Ma'lumot uchun, monitoring guruhlari tomonidan shakllantirilgan hududlar kesimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari soni 686 tani tashkil etib, bunda 85 ta ta'lim muassasasi belgilangan qoidalarni buzganligi uchun jarayondan chetlashtirilgan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1753

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7923 14.4K
O'tgan haftaning ta’limga oid eng muhim xabarlari bilan tanishing

O‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?
➡️ BATAFSIL

Maktabdagi barcha xodimga mukofot puli berish mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi
➡️ BATAFSIL

Yangi ishga kirgan, dekretdan qaytgan yoki ta’tildagi pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

Pullik sinflar, Milliy o'quv dasturi va 1-sinfga qabuldagi "stavkalar"
➡️ BATAFSIL

36 nafar o‘quvchini 2 ta sinfga komplektlash mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
➡️ BATAFSIL

Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?
➡️ BATAFSIL

"Nega bolani 11 yil o'qitib, bitta kasb yoki til o‘rgatmay, keng okeanga qo‘yib yuboryapmiz?" — Shavkat Mirziyoyev
➡️ BATAFSIL

Pedagogning qadri qonunda baland, amalda-chi?
➡️ BATAFSIL

Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berib bo‘lmaydimi?
➡️ BATAFSIL

O‘zbekistonda tennisni maktabdan boshlab ommalashtirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi
➡️ BATAFSIL

Kuzgi attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga oz muddat qoldi
➡️ BATAFSIL

Maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?
➡️ BATAFSIL

Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
➡️ BATAFSIL

Bog‘chadagi 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: ish bo‘yicha nimalar ma’lum?
➡️ BATAFSIL

1 stavkada ishlovchi o‘qituvchi boshqa maktabda ham ishlashi mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Post #7922 14.7K
Milliy sertifikat yoki “DTM” natijangiz bormi? Profi University'ga hujjat topshiring!

Profi University sizga ajoyib imkoniyat taqdim etadi — Milliy sertifikat yoki “DTM” imtihonidagi natijalaringiz bilan oʻqishga qabul qilinasiz!

Qabul yopilishiga sanoqli kunlar qoldi, hoziroq roʻyxatdan oʻting va kelajagingizni bugundan boshlang!

profiuniversity.uz

📄 Litsenziya (№ 676806, 10.11.2022-y.)

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @xalqtaliminfo without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xalq ta’limi Info: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xalq ta’limi Info have?
Xalq ta’limi Info (@xalqtaliminfo) has 79.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xalq ta’limi Info know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →