TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3816 3.64K

Forwarded from Bilimni baholash agentligi

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyining boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida fikrlar tarqalmoqda.

Unda test topshiriqlari va ularning javoblari Telegramdagi yopiq guruhda audiochat orqali o‘qib eshittirilgani va ularning aksariyati imtihonda tushgani aytilgan.

Ushbu audiofayllar Agentlikda mavjud bo‘lib, audiofayllar va internetda tarqatilayotgan ma’lumotlar Agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:

1. Agentlikda test topshiriqlari maxsus rejimdagi binoda shakllantiriladi va ularning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

2. Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 4-aprel (3 smena), 5-aprel (3 smena) va 7-aprel (2 smena) kunlari jami 8 ta smenada o‘tkazilgan. Bunda talabgorlarga har bir smenada 55 tadan test topshirig‘i berilgan. Ushbu imtihonda jami 400 tadan ortiq test topshirig‘idan foydalanilgan.

Audiochatda o‘qilgani aytilgan test topshiriqlari aprel oyida o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan 400 dan ortiq test topshiriqlari bilan solishtirilganda, ularning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlandi (so‘zma-so‘z bir xil emas). Ular turli smenalarga yoyilgan bo‘lib, bitta smenaga eng ko‘pi bilan 6 ta test topshirig‘i to‘g‘ri kelmoqda (1 ta smenada 55 ta test topshirig‘i ishlatiladi).

3. Hozirda ushbu imtihonning natijalarini xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblash hamda imtihon natijalarining klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha statistik tahlili amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon 6-may kuni yakunlanadi va test natijalari e’lon qilinadi. Shundan so‘ng imtihon natijalarining statistik tahlilidan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 6
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →