TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3811 3.01K
Matnda ifodalangan ushbu fikrlardan qay birining darajasi yuqori?

Bu safargi attestatsiyada shu kabi savol tushgani haqida aytishdi. Oʻzim tayyorlayotgan guruhlarga bu mazmundagi testni qanday yechish haqida tushuncha bergan boʻlsam-da, bunday savol mantiqsiz ekanini aytmoqchiman.

Men matnni oʻqib tushunish va oʻqib tushunishni baholash sohasida salkam 7 yildan beri ishlayman, tadqiqot qilaman. Bakalavr ishi, magistrlik dissertatsiyasi yozganman. Oʻqib tushunish testlarini tuzish boʻyicha darslar oʻtganman(BMBA uchun).

Bu ma’lumotlarni boshqalarning gapini olmasangiz ham mening gapimni olishingiz kerak degan ma’noda aytyapman.

Fikrning darajasi degan savolingizda aslida qaysi qatordagi javob matnni toʻliqroq qamrab olgan demoqchi boʻlgansiz. Ammo negadir uni shunday oddiy usulda emas, qaysi fikrning darajasi yuqori deb savol qoʻygansiz. Bu juda ogʻir xato boʻlgan. Shunday savol qanday qilib aprobatsiyadan oʻtib ketgani qiziq. Oʻtganmi oʻzi degan savol ham bor. Toʻgʻri tashkillangan aprobatsiyada bunday savollarning muammosi yaqqol koʻrinishi kerak (oʻzi test tuzuvchi va ekspert koʻzidan oʻtib ketmasligi kerak bunday ochiq-oydin xatolar).

Davomi keyingi postda

@birgap
  • 👍 13
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →