TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.42K subscribers
Post #3836 3.88K

Forwarded from Ulug‘bek Po‘latov

O‘qituvchilarga chegirma bermaslik to'g'risida qaror loyihasi e’lon qilinibdi

Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz — chegirma bermaslik to'g'risida qaror loyihasi! O‘qituvchilarga yiliga bir marta samolyot va poyezd chiptalari narxiga chegirma berish bo‘yicha e’lon qilingan hujjat loyihasini o‘qib, “undan ko‘ra, shu chegirmani umuman bermay qo‘ya qolishmabdi-da?”, degan xayol o‘tdi.

Chegirma ham juda katta — 15 foiz. Bu chegirmani olish uchun esa o‘qituvchi ishlayotgan maktab TOP-100 talikka kirgan bo‘lishi kerak. Qiziq tomoni, maktablar reytingi ham 2023-yildan buyon yuritilmaydi. Xullas, o‘qituvchi TOP-100 talikka kirgan maktabda ishlashini isbotlash uchun bir qancha xat-hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu chegirmalar tezyurar (qimmatroq) poyezd chiptalari uchun amal qilmas ekan. Ya’ni chegirma faqat ekonom klass hamda platskart yoki kupe vagonlari uchun amal qiladi.

P.S: Xalqtaliminfo.uz'da buni yangilik sifatida yozgani biroz uyaldim, ochig'i.

@u_pulatoff
  • 😭 36
  • 👍 22
  • 😁 19
  • ❤ 11
  • 😨 6
  • 🤬 4
  • 👏 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🤮 1
More from @birgap
  1. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
  2. Sep 27, 2026Şunaqa payt “Qaşqirlar makoni” filmidagi Çaqirday kuç-qudratim bölsaydi, deb öylab qolasan…
  3. Sep 27, 2026Namangandagi boğçada bölgan voqeani ozroq örgandim. Xulosam: 1. Anavi “erkak” bir umrga qa…
  4. Sep 12, 2026Yangi alifboni işlatamiz endi. Alifbo özgarişi kerakmidi? – Ha. Hozirgi holatda özgarişi k…
  5. Sep 8, 2026Menimcha, pulga kuydik! Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli bloge…
  6. Sep 7, 2026📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ! Sodiq School jamoasi SAT En…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →