9-may — dabdabali g‘alaba yoki harbiy qudrat ko‘z-ko‘z qilinadigan bayram emas. Bu — fojiali urushda halok bo‘lgan yuz minglab vatandoshlarimizning xotira kuni, tinchlikning qadriga yetish fursatidir. Urushni romantizatsiya qilish, “Yana qaytaramiz!” kabi agressiv shiorlar va begona harbiy ramzlar ortidan quvish — o‘tganlar xotirasiga hurmatsizlikdir.
Urush — bu parad emas, bu ochlik, vayronalik va bitmas jarohatdir.
Tashqi propaganda ta’sirida harbiy atributlarni ulug‘lashdan va soxta dushmanlar yasashdan tiyilishimiz shart. Bunday mafkuraviy bosimlar yoshlarimizni o‘zgalar urushiga yollanishiga va suverenlikka putur yetishiga zamin yaratadi. Bizning maqsadimiz — vatanparvarlikni birovning hududiga ko‘z tikishda emas, o‘z vatanini obod qilishda ko‘radigan erkin avlodni tarbiyalashdir.
Alohida eslatma: 9-maydan marketing quroli sifatida foydalanmang. Bog‘cha va maktablarda bolalarga harbiy forma kiydirib, qo‘liga qurol tutqazish — bolalikni harbiy mafkura bilan zaharlash demakdir. Keling, bu kunni shimollashgan agressiv an’analardan tozalab, milliy qadriyatlarimizga mos, vazmin va ehtirom bilan o‘tkazaylik. Bizning eng katta g‘alabamiz — bugungi tinchligimiz va suverenitetimizdir.
Manba
@birgap
Post #3824
4.39K




- 👍 42
- ❤ 11
- 🔥 6
- 💯 3
- 👏 2