⚡️ Ustoz qadri baland bo‘lsa, millat ravnaq topadi!
Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
✅ Ko‘pchilik turli taxminlar qildi, ammo rasmiy tekshiruv va adolatli tergov xulosasi vaziyatga butunlay oydinlik kiritdi: O‘qituvchi aybsiz deb topildi!
⚠️ Aniqlanishicha, muallim dars jarayonini va o‘z kasbiy sha’nini qonuniy doirada himoya qilgan. Intizomni buzgan, ustoziga bepisand munosabatda bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan esa qonuniy tartibda ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.
🔔 Bu voqea va uning huquqiy yechimi jamiyatimiz uchun juda muhim bir haqiqatni ko‘rsatib berdi: Davlatimizda adolat hamisha qaror topadi! O‘qituvchi shunchaki oddiy xodim emas, u — kelajak avlodni shakllantirayotgan davlat vakilidir. Bugun qonunlarimiz ham, davlatimiz ham pedagogning obro‘-e’tibori va qadr-qimmatini yuksak darajada himoya qilmoqda.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Post #3840
3.64K