"Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, olimlarimiz yozgan ilmiy ishlarga boq".
Yuqoriroqda Britaniyada faoliyat olib borayotgan vatandoshimiz Kobil Roʻziyev bilan Oʻzbekiston ilm-fani, ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi haqida intervyu haqidagi yozgan edim. Mavzuga oid yana bir qiziq maʼlumot.
Vengriyalik olim Benedik Peri yozmoqda: "Oʻzbek olimlari Vengriyalik tadqiqotchining Navoiy haqidagi ilmiy ishini oʻqib, undan iqtibos keltirishlarini koʻrish juda mamnun qiladi - ayniqsa bu ish hali yozilmagan va hattoki u haqida hali oʻylanmagan boʻlsa". Qisqasi, Vengriyalik olim uning mavjud boʻlmagan "ilmiy ishi"dan Oʻzbekiston olimlari iqtibos keltirishlaridan hayratini izhor qilyapti.
Post #3828
4.09K
