Qargʼalar qoʼshigʼi haqida ikkinchi qarash
“Qargʻalar” qoʻshigʻi 1970-yilda “Yalla” guruhi uchun yozilgan deb oʻylaymiz. Albatta “Yalla” ijrosida qoʻshiq juda quvnoq ohangda, kayfiyatni koʻtaruvchi, raqsbop, barcha diskoteka va toʻy-hashamda yangrardi.
Ammo aslida qoʻshiq 1916-yilda Margʻilondan Sibirga poyezdda olib ketilgan yosh yigitlar tomonidan yozilgan. Ushbu qoʻshiq sogʻinch haqida.
Tarixdagi bu bosqich front orti ishlari uchun Markaziy osiyoliklarning mehnat safarbarligi deb nomlangan. Qatagʻon qurbonlari (Shahidlar maydonida) xotirasi muzeyiga koʻra, oʻsha paytda Turkistondan 123 ming kishi olib ketilgan. Albatta, shimolga bittagina choponda ketib, temir yoʻllarni shunchaki qoʻllari bilan qurishdan ozchilik omon qolgan. Keyinchalik Turkistonda xalq qoʻzgʻoloni boshlandi.
Qargʻalar uchsa qaraylik, Margʻilonning yoʻliga,
Hidi kelsa mast boʻlaylik, handalakning boʻyiga.
Handalak boʻylikkinam, sen unda zor, men bunda zor,
Toʻtiqushning bolasidek, ikkalamiz intizor.
Manba
@birgap
Post #1287
2.32K
- 👍 12
- 😢 4