TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #609 1.79K
Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar

1995-yilgi “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”da yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi boʻyicha shunday qoida belgilangan:

metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.

Yangilanadigan imlo qoidalarida bunga oʻzgartirish kiritish kerak. Yakka holda ham, qoʻshimchalar qoʻshilganda ham bitta harf yozilishi oʻzbek tili tabiatiga mosroq boʻladi. Hozirgi qoida rus tili imlosidan koʻr-koʻrona koʻchirilgan.

🟢 Imlo talaffuzga qancha yaqin kelsa, tushunilishi ham shuncha osonlashadi.

Hozirgi qoidalarga koʻra yozilganda baʼzida tushunarsiz holatlar kelib chiqadi:

kilogrammi

Bunda nima nazarda tutilgan? “Kilogrammi?” deb soʻrayaptimi yo biror narsaning kilogrami haqida gap ketyaptimi?

Mann, Yohann, Pruss kabi kishi nomlari haqida ham shunday fikr aytish mumkin. Ularni ham Man, Yohan, Prus deb yozgan afzal.

🟢 Xullas, oʻzi talaffuz etilmaydigan va oʻquvchini chalkashtiradigan harfni saqlab qolishga hech qanday ehtiyoj yoʻq.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Islohtalab qoidalar: -ganda va vergul
🔹 Charlzmi yo Karl?
🔹 Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin
🔹 Imlo islohi: xalqaro tashkilot va brendlar nomi
🔹 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 9
  • 🔥 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →