TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1507 3.11K
Zulayxomi yoki Zulayho?

X
va h masalasida hatto lugʻat tuzuvchilar ham adashib turishi haqida oldinroq aytib oʻtgandim. Bu holat biz oʻrganayotgan ismda ham koʻzga tashlanadi. Toʻgʻri, oʻzbek tilida ismlar lugʻati yoʻq. Lekin kishi nomlari qatnashgan birikmalar lugʻatda izohlangan, ismlar lugʻatdagi misollar ichida kelgan holatlar bor.

E. Begmatovning “Oʻzbek ismlari maʼnosi” kitobi (2007)da bu ism Zulayho koʻrinishida berilgan.

“Navoiy asarlari lugʻati” (1972)dagi misolda ham soʻz h bilan yozilgan. “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati” 2-jildi (1983)da baʼzi misollarda Zulayxo, baʼzilarida Zulayho tarzida, 4-jildi (1985)da barcha oʻrinlarda Zulayxo tarzida berilgan.

Izohli lugʻat (5 jildik, 2006–2008)dagi misollarning barchasida bu ism Zulayho shaklida uchraydi.

Xoʻsh, aslida qanday yozish toʻgʻri?

Ismning toʻgʻri imlosi – Zulayxo. Nega?

Bu soʻz bizga arab tilidan kirgan. Qurʼoni karimda “Yusuf va Zulayxo” qissasi keladi. Bu qissa Sharq mumtoz adabiyoti, jumladan, turkiy adabiyotda ham badiiy shaklda aks etgan. Yaʼni, u asosida butun boshli asarlar, rivoyatlar va hikoyatlar yaratilgan. Gʻazallarda esa bu qissaga ishoralar berilgan.

Nega h bilan yozish ommalashib ketgan? Menimcha, kimdir boshlab bergan xatoni boshqalar davom ettirib ketavergan. Ayniqsa, eski oʻzbek yozuvidan voz kechilgach, soʻzda arab imlosidagi qaysi harf qoʻllanganini bilish imkoniyati yoʻqolgan.

Hozirgi imloga eski oʻzbek yozuvidagi hoyi hutti (ﺡ) va hoyi havvaz (ﻩ) harflari h tarzida oʻgiriladi. Xe (ﺥ) harfigina x tarzida ifoda etiladi. Zulayxo ismida ana shu xe harfi qatnashgan: زليخة‎.

📌 Demak:

Zulayxo ✅
Zulayho ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →