TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1394 2.09K
​Halqobmi yoki xalqob?

H va x masalasida hatto lugʻat tuzuvchilarning oʻzi ham adashib turadi. Jumladan, halqob soʻzida.

1976-yilgi imlo lugʻatida bu soʻz halqob, 1995-yilgisida xalqob, 2013-yilgi imlo lugʻatlarida halqob, 2008-yilgi izohli lugʻatda esa xalqob tarzida berilgan. Aslida qay biri toʻgʻri?

Soʻzning toʻgʻri shakli – halqob. Fors tilidan kirgan bu soʻz chuqur joylarda turib, yigʻilib qolgan suvni anglatadi. Ikki qismdan iborat: “doira shaklli narsa” maʼnosini anglatadigan arabcha halq oti bilan “suv” maʼnosini anglatadigan forscha ob otidan tuzilgan. Halqa va halqob soʻzlaridagi halq ayni bir maʼnodagi soʻzlardir. Yerda yigʻilib qolgan suvlar halqasimon doira hosil qiladi. Shuning uchun ham bu koʻlmakchalarga halqob deb nom berilgan.

Izohli lugʻatda halqob soʻzining arabcha imlodagi shakli ham keltirilgan. Unda hoyi hutti harfi ishlatilganini va asliyatdagi maʼno izohida halqa soʻzi qoʻllanganini koʻrish mumkin. Hoyi hutti oʻzbekchada h harfi bilan ifodalanadi.

Izohli lugʻatning 2020-yilgi nashrida bu xato tuzatilibdi.

📌 Demak:

Halqob ✅
Xalqob ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →