TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1994 5.42K
Imlo islohi: xalqaro tashkilot va brendlar nomi

Hozir bu borada aniq tartib-qoida yoʻq. Masalan, garchi alifboda boʻlmasa-da, Windows soʻzini yozish uchun W harfidan foydalanamiz. Qozoqlar yangi alifbosining oʻzidayoq izoh berib qoʻyyapti: alifboda mavjud boʻlmagan baʼzi harflar iqtibos prinsipida berilishi mumkin. Bu qoidaga oʻzbek tili imlosi ham muhtoj. Biz globallashgan dunyoda yashayapmiz. Dunyo tillariga taʼsir koʻrsata olmasligimiz aniq, hech qursa, oʻz tilimizga boʻlayotgan taʼsirlarni mantiqli oʻzanga solishimiz kerak.

Imlo qoidalariga mana bunday band qoʻshilishi kerak deb hisoblayman:

👉 Xalqaro tashkilot, korxona, firmalar va savdo belgilarining lotin alifbosidagi nomlari aslidagiday yoziladi: Windows, Xerox, Canon, SpaceX, Alibaba kabi. Bunday soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda qoʻshimchadan oldin tutuq belgisi qoʻyiladi: Windowsʼdan, Xeroxʼga, Canonʼning, SpaceXʼni, Alibabaʼda kabi.

Tilda talaffuz shakli qoʻllanib kelgan nomlar asliyat boʻyicha ham, talaffuz boʻyicha ham yozilishi mumkin: UNICEF – YUNISEF, UNESCO – YUNESKO kabi. Talaffuz varianti qoʻllanganda tutuq belgisidan foydalanilmaydi: UNICEFʼning – YUNISEFning kabi.

❗️ Tutuq belgisi xorijiy nomni ajratib koʻrsatish va baʼzi oʻrinlarda maʼnoni farqlash uchun xizmat qiladi.

Sizda bu borada qanday takliflar bor? Izohlarda qoldiring.

Mavzuga oid:

👉 Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin
👉 Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 28
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →