TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1586 33.5K
​Qisqartmalar imlosi: lotin yozuvidagi xatolar

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtib ketmaganimiz, soʻzlarni yozishga kiril nuqtayi nazaridan yondashayotganimiz sabab turli xatoliklarga yoʻl qoʻyyapmiz. Jumladan, qisqartma soʻzlarda.

Kiril yozuvida yo, ya, yu, ye yolashgan unlilari bilan boshlangan soʻzlar qisqartmaga aylansa, bu harflar qisqartma soʻz tarkibida ishtirok etadi: AYOQSH, YATT, OOʻYU, YEXHT kabi. Lekin bu qisqartmalar lotin yozuvida ifodalanganda kiril harflarini juft harf koʻrinishida oʻgirish – xato. Chunki lotin alifbosida yo, ya, yu, ye harflariga muqobil harf yoʻq, ular ikkita harf yordamida ifodalanadi.

AYOQSH – avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi, lotincha imloda – avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi. Soʻzning bosh harflarini olib, qisqartma yasaymiz: AYQSH. Sh harf birikmasi barcha harflari katta yoziladigan soʻzlarda, qisqartmalarda SH shaklida berilgani yaxshi.

YATT – yakka tartibdagi tadbirkor, lotin yozuvida – yakka tartibdagi tadbirkor. Bosh harflardan qisqartma – YTT.

OOʻYU – oliy oʻquv yurti, lotin yozuvida – oliy oʻquv yurti. Bosh harflardan qisqartma – OOʻY.

YEXHT – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, lotin yozuvida – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti. Bosh harflardan qisqartma – YXHT.

Bir gal sobiq “Kamolot” YOIH nomini lotinchada “Kamolot” YoIH emas, “Kamolot” YIH shaklida yozish kerakligini butun boshli tahririyatga tushuntira olmagan edim. “Kirilchada bor-ku, nega lotinchada yoʻq boʻlib qolishi kerak?! Lotinchada ham Yo bor, Yo deb yozamiz, xolos”, degan dalil keltirishgandi. Shunga oʻxshash eʼtirozlarga javob shu: qisqartmalarda odatda soʻzdagi birinchi harf olinadi. Kirilchada yolashgan unlilar bilan boshlangan soʻzlar lotinchada y harfi bilan yoziladi va qisqartmada ana shu harfdan foydalaniladi.

❗️ Lekin UNICEF, UNESCO, USAID kabi xalqaro tashkilotlar nomini oʻzbekcha imloda bermoqchi boʻlsak, YUNISEF, YUNESKO, YUSAID deb yozamiz. Chunki bu soʻzlar oʻzbekchada qisqartmaga aylantirilmayapti. Ular oʻzi qisqartma, ingliz tilida qisqartmaga aylantirilgan. Biz oʻzbekcha imloda qisqartmaning talaffuz variantini yozamiz.

Masalan, UNICEFning inglizcha kengaytmasi – United Nations International Children's Emergency Fund, oʻzbekchada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi boʻladi. UNICEF “yunisef” deb oʻqilgani uchun uni oʻzbekcha imloda YUNISEF – YUNISEF shaklida yozamiz.

Bu kabi nomlarni oʻzbekcha matn ichida aslidagiday – UNICEF, UNESCO, USAID shaklida berish ham xato emas. Xalqaro brendlar nomini yozishda ham odatda shu taomilga amal qilinadi.

Xatolar ommalashishi yoki tuzatilishida nufuzli saytlar, rasmiy manbalarning oʻrni katta. Yuqoridagi kabi qisqartmalarni lotin yozuvida toʻgʻri ifodalashga eng birinchi galda yirik ommaviy axborot vositalari eʼtibor qaratsa, nur ustiga nur boʻlardi.

📌 Demak:

FHDY, AYQSH, YTT, OOʻY, YXHT, YUNISEF, UNICEF ✅

FHDYO, FHDYo, AYOQSH, AYoQSH, YATT, YaTT, OOʻYU, OOʻYu,YEXHT, YeXHT, YuNISEF, YUNICEF ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
  • 😱 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →