TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #921 24.1K
​​Nur ustiga nur

Bu iborani koʻpchilik toʻgʻri qoʻllaydi. Lekin yanglish ishlatadiganlar ham talaygina. Balki, sizning ham qulogʻingizga chalingandir: “Nur ustiga aʼlo nur”.

U asli arabcha “nur ala nur” iborasining tarjimasidir. Oʻzbekchasi – nur ustiga nur, yanada yaxshi, koʻngildagidan ham aʼlo kabi maʼnolarni anglatadi.

Izohli lugʻatga koʻra, nur alo nur shaklida ham qoʻllash mumkin:

Ixtiyor oʻzingizda, qutlayman desangiz aytib koʻring, xoʻp desa – nur alo nur.
M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”.

❗️ Lekin bu tarzda qoʻllash eskirgan, bugungi tilda uchramaydi. Mabodo shu shaklni ishlatish kerak boʻlib qolsa, aʼlo emas, alo deb yozing. Alo arabchada ustiga demakdir, aʼlo esa – eng yuqori; buyuk maʼnolarini beradi. Eng yaxshisi, oʻzbekcha ifodaga mosi nur ustiga nurdir:

Buni bilib olganim nur ustiga nur boʻldi.

Agar yuz foiz natija koʻrsata olsangiz, nur ustiga nur.

📌 Demak:

Nur ustiga nur ✅
Nur ustiga aʼlo nur, nur aʼlo nur ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 20
  • 💯 3
  • 🔥 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →