TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1218 3.58K
Yoqilgʻi va yonilgʻi

Bu ikki soʻz mazmun jihatidan bir-biriga yaqin. Lekin maʼno qirralari farqlanadi.

Yonilgʻi yonadigan suyuq modda, suyuq yoqilgʻini bildiradi. Benzin, kerosin, solyarka va shu kabi mahsulotlar yonilgʻi sanaladi.

Yoqilgʻi esa issiqlik energiyasi olish uchun yoqiladigan ashyoni anglatadi.

Yonilgʻi oʻrnida yoqilgʻi soʻzini ishlatish tahrir nuqtayi nazaridan xato. Deylik, non ham, shoʻrva ham mohiyatiga koʻra bir ishni bajaradi – qorin toʻygʻazadi. Lekin nonni ichib boʻlmaydi, shoʻrvani esa ichish mumkin. Shu singari yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi, jamoat transporti yoqilgʻisini tejash kabi iboralarda yoqilgʻi oʻrnida yonilgʻi soʻzini ishlatish yaxshiroq va toʻgʻriroqdir.

Milliy ensiklopediya ikki tushuncha farqini bunday tushuntirgan:

“Dvigatellarda ishlatiladigan yoqilgʻi, masalan, benzin, kerosin, yadro yoqilgʻisi, reaktiv yoqilgʻi va boshqalar yonilgʻi deb ataladi”.

📌 Demak,

Yonilgʻi-moylash mahsulotlari, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi, benzin yonilgʻisi ✅

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →