Sh, Ch yoki SH, CH
Nuqsonli lotin alifbomizning xomsemiz harflaridan Sh va Ch koʻp noqulaylik va chalkashliklar tugʻdiradi. Bu harflar qisqartma va hamma harfi katta bilan yozilgan soʻzlarda qanday yozilishi boʻyicha aniq koʻrsatma yoʻq. Shu sababli koʻpchilik oʻz tushunchasi va asoslariga koʻra qoida tuzib oladi. Menda ham shunday qoida bor: bu harflar gap boshida, atoqli otlar boshida Sh va Ch shaklida yozilishi kerak, qisqartmalarda va hamma harflari katta yozilgan soʻzlar tarkibida esa SH va CH shaklida yozilishi kerak. Nega?
1. Mantiqqa koʻra. Bu ikki harf bitta tovushni ifoda etadi. Garchi bosh harf shakli Sh va Ch boʻlsa-da, qisqartma va faqat bosh harfli soʻzlarda SH va CH yozilishi zarur. Chunki bunday soʻzlarning barcha harflari katta yoziladi: AQSH, MASHGʻULOT, SHAMOL, KECH, OCHIQ, CHODIR va hokazo.
2. Digraf boʻlgani uchun. Bir tovushni bildiruvchi juft harfdan iborat belgi digraf deyiladi.
Biz Sh va Ch harflarini ingliz tili alifbosiga qiyosan olganmiz. Ingliz tilida soʻz katta harflar bilan yozilganda digraflar ham toʻliq bosh harflarda yoziladi: ENGLISH, FRESH, FISHING, CHAIRMAN, LUNCH, TEACHER va hokazo. Chex tilida ham shunday ekan.
3. Shunchaki chiroyli koʻrinishi uchun. AQSh, MAShGʻULOT, ShAMOL, KECh, OChIQ, ChODIR shaklida yozish koʻzga xunuk koʻrinadi.
📌 Demak,
AQSH, SHHT ✅
AQSh, ShHT ❌
MASHGʻULOT, SHAMOL, KECH, OCHIQ, CHODIR ✅
MAShGʻULOT, ShAMOL, KECh, OChIQ, ChODIR ❌
Sh. Ch. Shamsiddinov ✅
SH. CH. Shamsiddinov ❌
Shom payti Shahrisabzga qarab yoʻlga chiqdim. ✅
SHom payti SHahrisabzga qarab yoʻlga chiqdim. ❌
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #985
3.04K
- 👍 13