TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1978 4.78K
Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin

Alifbo isloh qilingach, imlo qoidalariga ham tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilishi aytilgan edi. Alifbo islohini kutib oʻtirmay, bu boʻyicha takliflarimni sahifada berib bormoqchiman. Oʻychi oʻyini bitirguncha tavakkalchi ishini bitiribdi.

Imlo qoidalaridagi boʻshliqlar, baʼzi xilmaxilliklar tushunmovchiliklarga sabab boʻlyapti. Masalan, xilma-xil soʻzi chiziqcha bilan, lekin xilmaxillik soʻzi qoʻshib yozilishi koʻpchilikda savollar uygʻotyapti. Chunki shunga oʻxshash boshqa soʻzlar chiziqcha bilan yozilgan-da!

Imlo lugʻatida xilmaxillik tarzida berilgan soʻz izohli lugʻatda xilma-xillik shaklida yozilgan. Bunga oʻxshash boshqa misollarni ham keltirish mumkin.

2013-yilgi imlo lugʻatlarida rangbaranglik soʻzi qoʻshib yozilgan. Bu soʻz izohli lugʻatda yoʻq.

Qarama-qarshilik, qasdma-qasdlik soʻzlari esa chiziqcha bilan yozilgan. Izohli lugʻatda qarama-qarshilik chiziqcha bilan berilgan, qasdma-qasdlik soʻzi esa lugʻatga kiritilmagan.

Ketmaketlik kiril imlosidagi lugʻatda qoʻshib, lotinchasida chiziqcha bilan yozilgan. Bu soʻz izohli lugʻatda yoʻq.

❗️ Xoʻsh, men nimani taklif qilmoqchiman?

Imlo qoidalarining “Qoʻshib yozish” boʻlimiga quyidagicha band qoʻshish:

👉 Qismlari -ma, ba- yordamida birlashgan soʻzlardan hosil boʻlgan yasama soʻzlar qoʻshib yoziladi: xilmaxillik, ketmaketlik, qaramaqarshilik, qasdmaqasdlik, rangbaranglik kabi.

Yoʻq, chalkashtirmaylik, hamma joyda chiziqcha boʻlsin, deydigan boʻlsak, “Chiziqcha bilan yozish” boʻlimiga mana bunday band qoʻshamiz:

👉 Qismlari -ma, ba- yordamida birlashgan soʻzlardan hosil boʻlgan yasama soʻzlar chiziqcha bilan yoziladi: xilma-xillik, ketma-ketlik, qarama-qarshilik, qasdma-qasdlik, rang-baranglik kabi.

Xullas, aniq-tiniq qoida boʻlsin. Turfaxillik boʻlmasin.

Soʻzlarni amaldagi imlo boʻyicha beraverdim. Oʻzgarish boʻlsa, toʻrtta belgini oʻzgartirib qoʻyish hech narsa emas.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 29
  • 🔥 4
  • 😁 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →