TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1989 5.04K
Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi

Imlo qoidalari islohi boʻyicha navbatdagi taklif bilan boʻlishmoqchiman.

Qoida:

👉 Raqamlardan keyin keluvchi qoʻshimcha va soʻzlar ajratib yoziladi: 10 ta, 10 dona, 2 lik sanoq sistemasi, 1 dan 10 gacha, I dan X gacha kabi.

Bu masalada oldinroq ham yozgan edim. Bu tartibga kitoblarda, juda koʻp nashrlarda hozir ham amal qilinadi. Shuni qoida sifatida belgilab qoʻyish kerak deb hisoblayman. Shunda chalkashlik, xilmaxillik kamayadi.

❗️ Ajratib yozilganda tushunish oson boʻladi. Solishtiring:

10ta, 10dona, 2lik sanoq sistemasi, 1dan 10gacha, Idan Xgacha boʻlgan rim raqamlari, Lyudovik IXning hukmronlik yillari 🤔 🤨

10 ta, 10 dona, 2 lik sanoq sistemasi, 1 dan 10 gacha, I dan X gacha boʻlgan rim raqamlari, Lyudovik IX ning hukmronlik yillari ✅

Agar raqam soʻz bilan yozilsa, qoʻshimchalar soʻzga qoʻshib yoziladi: oʻnta, ikkilik sanoq sistemasi, birdan oʻngacha kabi.

Mavzuga oid:

👉 Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 29
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →